1

Farg`onada IIB xodimiga "ish"ni yopish uchun 2500 AQSh dollari taklif qilishdi

Jinoyat 12.03.2020, 20:14
Teglar: IIB, Farg`ona,
Farg`onada IIB xodimiga "ish"ni yopish uchun 2500 AQSh dollari taklif qilishdi

Joriy yilning 5 mart kuni 29 yoshli Z.M. ismli ayol Beshariq tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U "Obod" mahallasida yashovchi 41 yoshli fuqaro M.P.,ga vaqtincha saqlab turish uchun 49.500 AQSh dollari va tilla buyumlarini berganligi, biroq fuqaro M.P., 31.000 AQSh dollarini qaytarib, qolgan qismini va tilla buyumlarini qaytarib bermayotganligini ma`lum qilib, aybdorga nisbatan chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha mazkur holat yuzasidan o`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.P. chora ko`rmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga Beshariq tuman IIB xodimiga 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgani aytiladi.

O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Beshariq tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.P., xodimning xizmat xonasida 2.500 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ushlanib, holat xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Beshariq tumani bo`limi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

Sharhlar

"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

12.10.2022, 12:03

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa"...
Andijonda zo`ravonlar yigitni echintirib videoga olishdi

31.08.2022, 18:40

Joriy yilning 17 avgust kuni «Telegramm» ijtimoiy tarmog`i orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo`li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1