AsosiyJamiyat

" Avtomobilni jarima maydoniga qo`yilmasligini aytganimda og`zimizni yopishga urinishgandi ". Deputat "qovun tushirib", endi to`g`rilashga urinayotganlarni gapirdi

'" Avtomobilni jarima maydoniga qo`yilmasligini aytganimda og`zimizni yopishga urinishgandi ". Deputat "qovun tushirib", endi to`g`rilashga urinayotganlarni gapirdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekistonda karantin joriy etilib, mashinalar harakati cheklanganidan so`ng, ushbu qoidani buzgan ko`plab stikersiz mashinalar jarima maydoniga joylashtirila boshlandi. Bu o`z-o`zidan ko`plab noroziliklarga olib keldi. Ya`ni jarima maydonida turgan avtomobil karantin tugagach olib chiqilar ekan va shu muddat davomida unga har bir kunga jarima maydonchasi uchun to`lov yig`ilib boradi. Ana shu masalalar ortidan ko`plab munosabatlar bildirildi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo`raev "Karantin davrida ishsiz, daromadsiz qolganlarning turmushini yanada murakkablashtirish qanchalik to`g`ri?" deya so`rov bilan chiqdi. IIV esa Karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy, deya javob berdi. Shuningdek, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev stikersiz avtomobillarni jarima maydonchalarida ushlab turish qonuniymi, deya qayta tahlil qildi.Undan so`ng bu bahsga Sudya aralashdi.

Bir so`z bilan aytganda vaziyat va muhokamalar tobora chuqurlashib bordi. Deputat Rasul Kusherbaev ushbu masalaga faqat sud nuqta qo`yishini ta`kidlagandi:

"Masalaga sud nuqta qo`yib berishi haqida aytgandim.

Nihoyat sud`yalarimiz ham muhokama markazida turgan masala bo`yicha chetda turmay o`z munosabatlarini bildirgani quvonarli hol.  

Eng muhimi, men kutganimdek qonun ustuvorligi tamoyilidan kelib chiqib, hurmatli sud raisi epidemiya talablariga rioya etilmaganlik uchun avtomobillarni vaqtincha jarima maydoniga majburiy qo`yilishi qonunchilikda belgilanmaganligini tushuntirib beribdi.

Albatta kelgusida sudlar tomonidan bu kabi ishlar ko`rilgan taqdirda mana shunday yondoshuv amalda ham doimiy bo`lib qolishiga umid qilaman. Zero, qonun ustuvor bo`lgandagina adolat ta`minlanadi"  —  degan edi deputat.

Vaziyat qanday yakun topishi hozircha noma`lum. Jarima maydonchalariga qo`yilgan mashinalar bo`yicha yakuniy xulosa va qaror e`lon qilingach, albatta bu haqda yana batafsil beramiz, degan edik biz. 

Ayni paytda Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun avtomobil jarima maydoniga qo`yilishi noqonuniy bo`lib chiqmoqda. Bu haqda bu borada tinimsiz chiqishlar qilib kelayotgan Rasul Kusherbaev ma`lum qildi.

"Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun avtomobil jarima maydoniga qo`yilmasligi haqidagi qonun talabini aytganimda bir qator idoralar bundan ko`z yumib, yo`q hammasi qonuniy to`g`ri, deb og`zimizni yopishga urinishgan edi. Aslida buni o`rta ma`lumotga ega fuqaro ham bilib turibdi.  

Endi bo`lsa bu "tushirilgan qovunni" sekingina parlamentni qo`li orqali to`g`irlab qo`yish yo`liga o`tildimi deyman.

Bu "qovun tushirish"dan jabr qo`rgan kamida 26 mingdan ortiq fuqarolar oldida ertaga kim "krayny" aybdor qilinadi? Deputatlarmi? Unda kim jarima maydonida avtomobillar turgani uchun pul to`laydi?

Shu joyida "odam sal mard bo`lishi kerak", degan gap hayolga kelayapti. Kichkinami, kattami  deputatlarga ham quloq solib turish yomonlikka olib kelmasa kerak.

Yana bilmadim, ishqilib tinchlik bo`lsinda, shikoyatlar charchatarkan...  

Quyida o`sha gaplarni" peropost" qilsak katta ayb bo`lmas", - deya yozib qoldirgan deputat. 

    Boshqa yangiliklar