Avval xabar berganimizdek, bugun soat 11:31 da Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan “Paxta neft saqlash” MChJ omborxonasi hududidagi 5000 m.kub sig`imli yoqilg`i rezervuarida yong`in kelib chiqqan.
FVV yong`in bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha unda taxminan 120 tonna engil alangalanuvchi suyuq yoqilg`i bo`lgan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari jalb etilgan.
Yong`in soat 14:19da o`rab olinib, 18:15 to`liq bartaraf etildi.
Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, yong`in sodir bo`lishi bilan tegishli choralar ko`rish uchun Energetika vaziri voqea joyiga zudlik bilan etib borgan edi.