my5
Sevimli

Agar bitta daraxt kesilsa, o`sha kuni ariza yozib ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo`jaev (video)

Jamiyat 13.02.2021, 14:40
Теглар: Video, Jahongir Ortiqxo`jaev
Agar bitta daraxt kesilsa, o`sha kuni ariza yozib ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo`jaev (video)

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo`yicha tanlov e`lon qilgan edi. Unga ko`ra majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko`chalari oralig`ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan. Ushbu tanlov ko`pchilik tomonidan qizg`in munozaralarga sabab bo`layotgan edi.

Bugun, 13 fevral kuni “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning jamoatchilik vakillari bilan O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga  bag`ishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi bo`lib o`tmoqda.

Unda poytaxt hokimining ma`lum qilishicha, “Istiqlol” majmuasi Mustaqillikning ramzini aks ettiruvchi STELLA barpo etilishini ko`zda tutadi. Boshqa hech qanday qurilish inshootlari bo`lmaydi.  

Faqat shu joyda ishlar olib boriladi. Stella atrofidagi perimetr obodonlashtiriladi, qolgan hiyobon hududining bir metri ham tegilmaydi. Bironta daraxt tegilmaydi. 

"Agar birorta daraxtga tegilsa men o`sha kuni ariza yozib, ishdan ketaman", - deya va`da berdi Ortiqjo`xaev. 

Шарҳлар

Jahongir Ortiqxo`jaev Turkmanistonda quriladigan “Toshkent” bog`ining dastlabki loyihasi bilan tanishdi

25.03.2021, 18:22

Amaliy tashrif bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobodda bo`lgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Turkmaniston poytaxtida qurilishi kutilayotgan “Toshkent” nomli istirohat bog`ining dastlabki loyihasi bilan tanishdi. Toshkent shahar...
Xorazmda sumalak tayyorlayotgan yarim-yalang`och ayollar uzr so`rab chiqdi (video)

23.03.2021, 11:12

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yarim-yalong`och holatda sumalak qilayotgan ayollar videosi tarqaldi.Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning uzr so`rab chiqqani aks etgan video ham paydo...
Jahongir Ortiqxo`jaev "Bunyodkor" stadionini o`z otalig`iga oladi

27.02.2021, 16:43

Ayni damda "Bunyodkor" stadioni o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev stadion o`z-o`zini ta`minlay olishi uchun "Bunyodkor" stadionini o`z otalig`iga oladi. Bu haqda...
Farg`onada "damaschilar" va taksichilar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi. Jinoyat ishi qo`zg`atildi (video)

13.02.2021, 15:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi. Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga...