AsosiyJamiyat

Chilonzordagi kafe yong`inida besh kishi halok bo`ldi. Uni yoqib yuborgan shaxs ushlandi

'Chilonzordagi kafe yong`inida besh kishi halok bo`ldi. Uni yoqib yuborgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Avval ma`lumot berganimizdek, Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko`chasida joylashgan “Shovotlandiya” kafesida yong`in sodir bo`ldi.

IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, yong`in oqibatida besh nafar fuqaro vafot etgan.

Dastlabki tezkor-tergov harakatlari, mazkur yong`in hodisasi begona shaxs tomonidan qasddan amalga oshirilganligi haqidagi dalillarni yuzaga chiqarib, darhol ushbu holat Vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong`in etkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral kuni soat 03:30larda “Matiz” rusumli avtomashinada manzilga kelib, bino devorlariga o`zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so`ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong`in sodir bo`lganidan so`ng voqea joyini yashirincha tark etgan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyat muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar