AsosiyJamiyat

Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr, 15 foiz va ayrim toifa fuqarolar uchun subsidiyalar asosida beriladi

'Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr, 15 foiz va ayrim toifa fuqarolar uchun subsidiyalar asosida beriladi'ning rasmi

Joriy yilda uy-joy qurilishi uchun davlat tomonidan ham aholiga, ham quruvchilarga katta imtiyozlar berilishi kutilyapti. Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan Prezident videoselektoridan xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri.

Joriy yilda ipoteka krediti bo`yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi. Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi. Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to`lab beriladi. Ya`ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to`laydi, xolos.Kredit olgan aholi uchun foiz to`lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi”, - dedi Prezident.

Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o`rtacha 216 million so`m) olmoqchi bo`lgan oila 33 million so`mlik dastlabki badalning faqat 11 million so`mini to`laydi, 22 million so`mini esa davlat beradi.

Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so`m kredit to`lasa, qolgan 1 million 100 ming so`mini har oy davlat qoplab beradi.

Shuningdek, quruvchi tashkilotlarga pandemiya davrida berilgan imtiyozlar joriy yil yakunigacha uzaytiriladi. Jumladan, Tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan quruvchi tashkilotlarga uy-joy qurish uchun jalb qilgan kreditlar bo`yicha 20 milliard so`mgacha kafillik hamda Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismiga kompensasiya beriladi.

Mavzuga doir:

Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo`yicha moliyaviy resurslardan etishmovchilik va cheklovlar bo`lmaydi — Prezident ikki mansabdorga topshiriq berdi

Hokimlarga bir kvadrat metr uy narxini 4 million so`mdan oshirmaslik vazifasi yuklatildi

 

    Boshqa yangiliklar