my5
Sevimli

Yulduz Usmonovaning sudi da`vogar arizasiga ko`ra ko'rmasdan qoldirildi

Shou-biznes 29.07.2021, 17:47
Теглар: Yulduz Usmonova
Yulduz Usmonovaning sudi da`vogar arizasiga ko`ra ko'rmasdan qoldirildi

Avvalroq, Yulduz Usmonovani Qoraqalpog`iston xalqi sudga bergani, xonanda betobligi sabab sudga bormagani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng Yulduz Usmonovaning sudi bo`yicha Toshkent shahar sudlari rasmiy bayonot bilan chiqqan edi. 

Unga ko`ra, 2021 yil 15 iyun kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining ish yurituviga da`vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi kelib tushgan arizaga ko`ra, tayinlangan galdagi sud majlisi VKA rejimida ko`rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirilgandi.

Toshkent shahar sudlarining ma`lum qilishicha, 2021 yil 23 iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqiyosida sudyalar faoliyatining 2021 yil 1-yarim yillik yakuni bo`yicha yig`ilishi o`tkazilgan.

Shunga ko`ra, da`vogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi da`vo arizasi bo`yicha 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida ko`rilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan.

Sud majlisining muhokamasi bugun – 29 iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida ko`rilishi tayinlangan bo`lib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan.

2021 yil 29 iyul kuniga tayinlangan sud majlisi da`vogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni ko`rmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi arizasi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan ko`rmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi e`lon qilindi.

Шарҳлар

Меҳмон 31.07.2021, 20:38
Браво клоуны про закон еще говорят
Ринат 29.07.2021, 21:59
Как всегда, закон придуман для обычных людей
Меҳмон 29.07.2021, 19:38
Ясно всё
​Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi

07.08.2019, 11:43

Tojikiston va O`zbekiston mashhurlari Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi. Bu haqda Shabnam Surayyo o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qilgan. Hamkorlikdagi konsert Xo`jand...
Yulduz Usmonova nega Koreyaga jo`nab ketdi?

02.08.2019, 15:11

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Janubiy Koreyaga yo`l oldi. Xonandaning aytishicha, u turmush o`rtog`i va o`zining sog`lig`ini tekshirtirish uchun Koreyadagi klinikaga ketdi. Aniq sabablari haqida...
Qozog`iston IIV Yulduz Usmonova to`yda qo`riqchilar qurshovida kuylashi holati bo`yicha izoh berdi (video)

23.11.2018, 15:25

Qozog`istonda Yulduz Usmonova qo`shiq kuylagan vaqtda to`y tashkilotchilari qo`riqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar ko`p bo`lgan.“Turkiston viloyati Sariag`ash tumanidagi restoranlardan...
Yulduz Usmonovaning tog`dagi klipi...

20.09.2018, 16:07

O`zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova “Bu tog`lar” qo`shig`iga klip suratga oldi...Anglaganingizdek, suratga olish ishlari tog`-yon bag`rlarida bo`lib o`tdi! Klip trek yo`nalishida bo`lib, unda sozandalar hamda...