my5
Sevimli

O`tgan 6 oyda iqtisodiy ko`rsatkichlarimiz oshgan. Qaysi tarmoqlar hisobiga?

Iqtisodiyot 03.08.2021, 18:37
O`tgan 6 oyda iqtisodiy ko`rsatkichlarimiz oshgan. Qaysi tarmoqlar hisobiga?

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida davom etayotgan videoselektor yig`ilishida hududlar va tarmoqlardagi iqtisodiy holat haqida so`nggi 6 oylik hisobot ma`lumotlari taqdim etildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. O`tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o`sgan va inflyasiya darajasi esa 10,9 foizni tashkil etdi.

Bu o`sishga qaysi tarmoqlar hisobiga erishildi?

Ta`kidlanishicha, bu ko`rsatkichlarga, asosan, sanoat (8,5 foiz), investisiyalar (5,9 foiz) va xizmatlar sohasi (8 foiz) hisobiga erishilgan. Ushbu davrda jami 200  trillion so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shundan:

  • Navoiy kon-metallurgiya – 26  trillionso`m;
  • to`qimachilik – 15  trillion so`m;
  • Olmaliq kombinati – 14,5 trillion so`m;
  • elektr energiyasi korxonalari – 11 trillion so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, ularning ulushi jami sanoatda 37 foizni tashkil qildi.

 

Sanoat tarmoqlariga imtiyoz va preferensiyalar berilgan, biroq...

So`nggi bir yarim yil davomida sanoat tarmoqlariga 50 trillionso`mdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan. 

Birgina, avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so`mlik, neft-gaz tarmog`iga 2,8 trillion so`mlikbojxona imtiyozlari taqdim etilgan. Lekin mazkur tarmoqlarning ishlab chiqarish ko`rsatkichlari qoniqarli daraja emasligi tanqid qilindi.

 

Шарҳлар