my5
Sevimli

Harbiy xizmatchining ma`naviy-axloqiy qiyofasi qanday bo`lishi kerak?

Erkin minbar 04.08.2021, 00:15
Теглар: Harbiy xizmatchi, ma`naviy qiyofa
Harbiy xizmatchining ma`naviy-axloqiy qiyofasi qanday bo`lishi kerak?

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni  Sh.M.Mirziyoevning «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida»ga qaroriga muvofiq bugungi kunda Mudofaa vazirligi tarkibidagi barcha xizmatchilar bir tanu bir jon bo`lgan holda milliy armiyamizda faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilarning hayotiy va professional ko`nikmalarini ilm-ma`rifat asosida qalbi va ongiga singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar bilan uyg`un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrofimiz va jahonda ro`y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondoshish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalarida to`sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishda hamjihat va hamkor bo`lishimiz lozim. Biz harbiylar o`zimizning ma`naviy-axloqiy jihatdan yanada komillik sari borishimizda qanday asoslarga tayanishimiz kerak bo`ladi.

 

Eramizdan oldingi zamonda yashab, meros qoldirgan bobolarimizdan boshlab, «Avesto»da bitilgan qadriyatlarimizdan boshlab, islom dini bilan, halqimizni Vatan uchun jon berib jon olgan, tarixi davomida shakllangan va ommaviylashgan qadriyatlarimiz bilan birgalikda umuminsoniy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatlarni o`rnatishga e`tiborimizni qaratishimiz kerak bo`ladi.

          Jahonda Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa etakchi davlatlar o`zlarining davlat manfaatlarini doimo qattiq turib himoya qilishadi, sayyoramizda o`z ta`sirlari bo`yicha doimo etakchi bo`lish uchun harakat qilishmoqda. Hozirgi kunda Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi doirasida ko`p ishlar amalga oshirilmoqda. Yuz berishi mumkin bo`lgan harbiy harakatlar teatri va uning real xususiyatlari, ilg`or xorijiy tajribalar har tomonlama hisobga olinib, shu asosda ixcham, yaxshi ta`minlangan, yuksak jangovar ruhga ega bo`lgan milliy armiyamiz barpo etildi.

     Ayni damda mudofaa sohasidaga asosiy  vazifalarni amalga oshirish bo`yicha turli yo`nalishlarda keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur vazifalarni bajarish uchun esa, barcha pog`onadagi harbiy xizmatchilarimiz albatta, ma`naviy-axloqiy jihatdan har tomonlama etuk insonlar darajasida bo`lishini ta`minlash kerak.

Qo`shinlarda o`tkaziladigan islohotlar, albatta xalq qiziqishlari bilan bolg`iq bo`lishi lozim, buni doimo xotirada tutish kerak, ayniqsa, ma`naviy-axloqiy sohada islohotlar o`tkazganda. Zaruriy o`zgarishlar samaradorligi birinchi navbatda harbiy fan qonunlariga va qurolli kurash va urushning ma`naviy qonunlariga qanchalik suyanishiga bog`liq bo`ladi. Faqat mana shundagina O`zbekiston harbiy tashkilotining sifatiy parametrlarini sifatiy jihatdan aniqlash, uni ma`anaviy-axloqiy an`analar asosida yaratish mumkin bo`ladi.

Harbiy xizmatchining ma`naviy qiyofasiga zid bo`lgan illatlar deb: hayotdan o`zilganlik, befarqlik, loqaydlik, qattiqqo`llik,  mas`uliyatsizlik, bilimsizlik, qo`pollik, xo`jako`rsinlik, sansolarlik,  ta`magirlik va boshqalar.

Inson ruhi, ma`naviyati nimaligi azaldan insonlarni qiziqtirib kelgan. Bu borada minglab ta`riflar mavjud. Ammo aniq javob yo`q. Bu buyuk sir-sinoatdir. Ma`naviyatning mohiyatini aql-zakovat bilishga qodir emas. O`zbek adibi Abdulla Avloniy ta`kidlaganidek, «ma`naviyatni bir so`z bilan ifodalab bo`lmaydi. U qudratli, boy va biz uchun azizdir» , deb yozgan.

Yangi O`zbekiston sharoitida mamlakatmizda amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlarimiz, armiya va xalqning faol hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom ma`noda jamiyatning ajralmas qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib bormoqda.

Biz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk vatandoshlarimiz bo`lgan jasur, el-yurtga sadoqatli o`g`lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Armiya va xalq birligini ta`minlashga qaratilgan mutlaqo yangi tuzilma – harbiy-ma`muriy sektorlar barcha hududlarda samarali faoliyat yuritayotgani g`oyat muhim ahamiyatga egadir.

Ana shunday islohotlar tufayli “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan olijanob g`oya va amaliy harakat barcha bo`g`indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta`lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish, etuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga bundan keyin ham alohida e`tibor qaratilayotgan davlat siyosatimizning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib turibdi.

Xalqimizning “Bilagi zo`r birni engadi, bilimi zo`r – mingni” degan maqolida chuqur ma`no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni modernizasiya qilish, xususan, harbiy ta`lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg`or xorijiy tajribalar, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo`yicha boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga ko`tarishimiz zarur.

Ayni vaqtda shaxsiy tarkib o`rtasida milliy o`zlikni anglash va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish doimo e`tiborimiz markazida bo`lishi lozim. Shu maqsadda yosh askar va kursantlar uchun Vatanga qasamyod qabul qilishdan avval “Temur tuzuklari” kitobi bo`yicha sinov o`tkazish tartibini yo`lga qo`yish borasidagi sa`y-harakatlar keng miqyosda amalga oshirish ishlari yo`lga qo`yildi. Bu esa ular qalbida Vatanga sadoqat, elga hurmat va ajdodlarga munosib voris bo`lish tuyg`usini shakllantiradi.

Xulosa qilib aytganda, yangi O`zbekiston sharoitida harbiy xizmatchilar shaxsining ma`naviy-axloqiy qiyofasi tubdan o`zgardi. Qurolli Kuchlar tizimi kuchli va mustahkam ma`naviy-axloqiy fazilatlarsiz yuksala olmaydi. O`tgan 2020 yil mamlakatimiz halqi bir qancha og`ir sinovlarni boshidan o`tkazdi. Koronavirus pandemiyasi, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida sodir bo`lgan texnogen ofatlar so`zimizning isbotidir. Shunday qiyin bir vaziyatda harbiy xizmatchilarimiz xalq bilan elkama-elka turib, bor kuch-g`ayratlari va shijoatlari bilan yordamga shoshildilar. Bu jarayonda har bir harbiy xizmatchi o`zining yuksak ma`naviy va axloqiy qiyofasini yaqqol namoyon qildi.

 

Qudrat Xudayberganov,

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi

kafedra boshlig`i, polkovnik, dosent.

 

Komiljon Nasirov,

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi

sikl boshlig`i, podpolkovnik, pedagogika fanlari nomzodi, dosent.

 

Adxam Nurullaev,  

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi

kafedra katta ilmiy xodimi, podpolkovnik.

 

Шарҳлар