my5
Sevimli

Xizmat vazifasini bajarayotib vafot etgan IIO xodimining o`limiga nima sabab bo`ldi? Tafsilotlar ochiqlandi

Jamiyat 14.09.2021, 23:02
Xizmat vazifasini bajarayotib vafot etgan IIO xodimining o`limiga nima sabab bo`ldi? Tafsilotlar ochiqlandi

Avvalroq,  Piskent tuman IIB xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo`lgani haqida xabar qilgandik. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi Bobur Tulyaganov holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi:

Serjant O`rmonov Dilmurod Bo`taboevich (xizmat vazifasini bajarish chog`ida) bevaqt vafoti munosabati bilan Toshkent viloyati IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan o`tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod O`rmonov, haydovchi 1992 yilda tug`ilgan Sh.A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasiga to`xtash ishorasini beradi. Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo`ysunmay harakatni davom ettirgan va 1991 yilda tug`ilgan Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo`yicha inspektori, serjant Dilmurod O`rmonovni urib yuborib YTH sodir etadi.

Natijada, ko`rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay serjant Dilmurod O`rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada bugun 14 sentyabr kuni vafot etdi.

Шарҳлар