my5
Sevimli

«Surxon» klubi futbolchilarining kaltaklangani yuzasidan O`FA bayonot berdi

Sport 22.09.2021, 09:15
«Surxon» klubi futbolchilarining kaltaklangani yuzasidan O`FA bayonot berdi

“Surxon” jamoasi futbolchilari va rahbatiyati o`rtasida maosh to`lanmaganligi sababli janjal chiqqani haqida xabar bergan edik.

Ushbu vaziyat bo`yicha bugun O`zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati va mas`ul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig`ilish bo`lib o`tdi.

"O`zbekiston futbol assosiasiyasi bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning mas`uliyasizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o`zbek futboli imidjiga putur etkazmoqda" deyiladi yig`ilishda.

Ayni vaqtda ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O`FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G`ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjaev futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Shu bilan birga, O`zbekiston futbol assosiasiyasi barcha futbol klublari rahbariyatiga o`z jamoalarida qat`iy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etadi.

Шарҳлар