Avvalroq Madaniyat vazirligida barcha davlat teatrlari direktorlari va rejissyorlari hamda “O`zbek davlat sirki” davlat muassasasi rahbar va mas`ul xodimlari ishtirokida dolzarb masalalarga bag`ishlangan muhokama o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu yig`ilish so`ngida, shuningdek, teatrlardagi yosh rejissyorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish, tajribali ustoz rejissyorlar tomonidan malaka oshirish laboratoriyasini bosqichma-bosqich tashkil etish masalasi ham ko`rib chiqilgan. Madaniyat vazirli bu haqda ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, shu jumladan , 2022 yilda teatrlarda tarixiy va klassik asarlar yaratish va sahnalashtirish ishlariga katta e`tibor qaratiladi. Shtat birliklarini qayta ko`rib chiqiladi hamda 2022 yilda O`zbekistonda Xalqaro teatr festivali o`tkaziladi.
Tadbirda ushbu festivalga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish kabi ko`plab zarur masalalarda mutasaddi rahbarlar va xodimlarga ko`rsatmalar berilgan.