13

​Uy xandon bekaning siri nimada?

SUG'DIYONA 10.02.2017, 13:40
Теглар: Xonanda, Shou-biznes, Ayol
5384
​Uy xandon bekaning siri nimada?

Uy yumushlariyu ro`zg`or tashvishlari bilan bo`lib, tobora asabiy va jizzaki ayolga aylanib borayapsizmi? «Ha» deyishga og`iz juftlayotgan bo`lsangiz, to`xtang! Qani o`zingizni qo`lga olingchi! Qaddingizni tik tutdingizmi? Barakalla! Ana endi ijobiy hissiyotlarni paydo qilishning bir qancha usullari bilan tanishing.

Shokolad va qahva! Kuz tongini aynan mana shu juftlik bilan boshlang. Qaynoqqina qahva va tilda eriydigan shirinlik, albatta, kayfiyatingizning ko`tarilishiga yordam beradi. Tabassum bilan boshlangan kun esa hayrli kechadi.

Quloqchinlaringiz bormi? Musiqa kayfiyatga qarab tanlanishi rost. Kuzda ko`pincha sokin taronalarni tinglaymiz. Ammo bu bilan ayriliq yoki shu kabi kayfiyat bag`ishlovchi taronalarni tushunmang. Muhabbat to`g`risidagi qo`shiqlarni tinglang! Quloqchinlarni taqib olib, uy ishlarini bajarish esa g`ayratingizni oshiradi.

Uchrashuvga chiqing! «Erim o`qib qolsa bormi», deya yuragingiz taka-puka bo`layaptimi? Havotirlanmang, shu erginangiz bilan uchrashing deyapmiz-da. Hafta davomida atigi bir soat vaqt toping-da, birga tushlik qiling yoki shunchaki sayrga chiqing. Nafaqat kayfiyatingiz ko`tariladi, balki munosabatlaringizda ham ijobiy o`zgarishlar kuzatiladi. Mana meni aytdi dersiz.

Farzandingiz bilan shug`ullaning! Biz qizim bilan birga quvlashmachoq o`ynaymiz, o`yinchoq qoshiqchasida meni ovqatlantiradigan odati ham bor. Tag`in kichik she`rlarni yod olayapmiz. Qizalog`imning kulgusi, shodon qiyqirig`idan shunaqangi quvvat olaman, asti so`ramang!

Qo`shiq kuylang! Bu o`zimda sinalgan tavsiyalardan biri. Tushkunlikka berilmaslik uchun hirgoyi qilaman. Uyda musiqani yoqib, baralla ashula aytishim ham mumkin. Ko`pincha bu ishni farzandlarim bilan birga bajaramiz.

Intererni yangilang! Bir xillikdan zerikkan bo`lsangiz, bu ayni muddao. Jihozlarning odatdagi o`rnini almashtirib, tamoman yangicha ko`rinishni paydo qiling.

Ruxshona, xonanda

Шарҳлар

Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Oqqo`rg`onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o`ldirdi

12.12.2019, 16:01

Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida mudhish voqea ro`y berdi, deya xabar berdi “Postda”Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o`z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda...
Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Surxondaryo chegarasida tadbirkor ayol bojxona xodimini urdi

03.12.2019, 11:22

Bojxona xodimiga ayol kishi tomonidan qarshilik ko`rsatish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona...