Har birimizga oddiy ayollik baxti kerak. Aksariyat hollarda ayollar o`z gardaniga erkaklar amalga oshirishi lozim bo`lgan vazifalarni olishadi, o`zlarini qurbon qilishadi.
AdMe.ru nashri ayollar hech qanday holatda ham qilmasliklari lozim bo`lgan narsalar haqida so`z yuritadi.
UNING UChUN BARChA MUAMMOLARNI HAL ETISh
Sevgan insoningizda qandaydir muammo yuzaga keldi degani, bu siz hamma mas`uliyatni gardaningizga olishingiz kerak degani emas. Aytaylik uni ishdan haydab yuborishdi, puli qolmadi. Unutmang, agar erkak mas`uliyatli bo`lsa u albatta o`zini o`qqa-cho`qqa urib bo`lsa ham oilasi uchun harakat qiladi. Agarda siz hammasini zimmangizga olishga qaror qilsangiz, bundan ikkinchi yarmingiz kuchliroq bo`lmaydi. Bunday munosabatlarning ohiri yaxshilik bilan tugamaydi.
UNGA HAR SAFAR QIMMATBAHO SOVG`A IN`OM QILISh
Bunday holatda agar erkak g`ururli bo`lsa, siz uni qimmatbaho sovg`angiz bilan o`zingizdan itarishingiz mumkin Erkak kishini pullar bilan o`ziniki qilish hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Agar u insofsiz bo`lsa, sizdan foydalanishni boshlashi mumkin.
UNING UChUN YoSTIQQA AYLANISh
Ayollardan farqli o`laroq erkaklar ularga achinayotganingiz uchun sevishmaydi. Ya`ni u dardini sizga, sevgisini esa boshqaga izhor qilishni boshlashi mumkin.
Aqlli ayol uni tinglaydi, qo`llab-quvvatlaydi, maslahat beradi va yangi ishlarga yo`naltiradi. Bunday juftni erkaklar tirgakday qabul qiladi.
«MEN SENGA AYTGANDIM!» IBORASINI IShLATMASLIK
Hatto million bora haq bo`lsangiz ham uni adashgani uchun o`zingizning haqligingizni isbotlamang.
ShAXSIY HAYoTDAN VOZ KEChISh
Afsuski, ayol kishi aksariyat hollarda o`zini bor-yo`g`i bilan oila, farzandlari hamda turmush o`rtog`iga bag`ishlab yuboradi, bu esa erkakda unga bo`lgan qiziqishning tez yo`qolishiga olib keladi. Tez orada erkak kishi zerikib rang-baranglikni tashqaridan izlashni boshlaydi.
Turmushga chiqdim degani bu bor yo`g`idan voz kechish kerak degani emas. Aksincha, oiladan tashqari hayotingiz qanchalar sermazmun bo`lsa ikkinchi yarmingiz sizga shunchalik ko`p intiladi. Ammo unutmang, hamma narsada ham me`yor bor.
TAShQI KO`RINIShNI FAQAT ERKAK KIShI UChUN O`ZGARTIRISh
Ha, biz, ayollar juda ham o`zgarishni yaxshi ko`ramiz. Ammo tashqi ko`rinishingiz o`zgarishini ikkinchi yarmingiz talab qilayotgan bo`lsa-yu, sizga bu ko`rinish uncha yoqmasa o`ylab ko`ring. Faqat unga yoqqani uchun sochni kestirish yoki o`stirish? Birinchidan sevgan erkak sizdan o`zgarish talab qilib, sizga yoqmaydigan narsani so`ramaydi. Agar u shunday qilayotgan bo`lsa o`ylab ko`ring, u sizning erkagingizmikin?