my5
Sevimli

«PROSTATIT BEPUShTLIKKA OLIB KELADIMI?»

SUG'DIYONA 31.10.2017, 12:49
Теглар: Salomatlik
«PROSTATIT BEPUShTLIKKA OLIB KELADIMI?»

Men prostata bezi shamollashidan davolangandim. Biroq haligacha farzandli bo`lolmayapman. Eshitishimcha, bunday kasallikdan so`ng bepushtlik kelib chiqar ekan. Shu rostmi?

Saydulla, Samarqand shahridan

Mirazim HAKIMOV, oliy toifali shifokor-urolog: — Prostata bezi shamollashi ta`sirida bepushtlik kelib chiqmaydi. To`g`ri, qisman ta`siri bo`lishi mumkin. Biroq davolanish to`liq bajarilsa, bemalol farzand ko`rish mumkin. Bepushtlik sababini aniqlash uchun gormonlar miqdori, ereksiya holati, urug` tahlili (spermogramma) kabi tekshiruvlar o`tkaziladi. Aksariyat hollarda jinsiy a`zolarda yallig`lanish, jinsiy yo`l orqali o`tadigan infeksiyalar, erkak urug`ining sifat darajasi pastligi yoki gormonlar etishmasligi sabab nasl qoldirish xususiyati pasayadi. Bu vaziyatda bepushtlikni chaqiruvchi holatlarni o`rganish uchun tekshiruvlardan o`tib, davolanish zarur.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...