my5
Sevimli

IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASh UChUN…

SUG'DIYONA 06.11.2017, 10:43
Теглар: Salomatlik
IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASh UChUN…

Ochiq havoda ko`proq sayr qiling. Immunitetni mustahkamlashning eng yaxshi usuli — chiniqish!

Aloe

Aloe yaproqlarini sovuq suvda yuvib, maydalab bo`laklang-da, dokaga o`rab, sharbatini siqib oling. 2 osh qoshiq aloe sharbatiga 1 choy qoshiq asal qo`shib, 5-6 kun tindirib qo`ying. Kuniga 2–3 marta ovqatlanishdan oldin 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.

Brusnika va klyukva

Brusnika va klyukva mevalaridan (bozorlarda sotiladi) kompot tayyorlab, har kuni 1 stakandan ichib turing.

Yorongul

Infeksion kasalliklarning oldini olish maqsadida uyda (imkon bo`lsa, ishxonada ham) yorongul o`stiring. Undan ajralib chiqadigan moddalar bakteriya va viruslarni o`ldiradi.

Piyoz

Gripp epidemiyasi vaqtida bir bosh piyozni ikkiga bo`lib, 10–15 daqiqa davomida hidlang. Buni kuniga 3-4 marta takrorlang.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...