Amudaryo nafaqat mamlakatimizdagi, balki mintaqadagi eng yirik daryo hisoblanadi. Mazkur daryo Tojikiston, Afg`oniston, O`zbekiston va Turkmaniston hududlaridan oqib o`tadi. Turli davrlarda Oksus, Jayhun, O`kuz, Balx. Vaxsh, Amul deb nomlangan. Amudaryoning uzunligi1415 kilometrni tashkil etadi. Havzasining maydoni 309 ming km2. Afg`onistonda Hindukush tog`larining shimoliy yonbag`ridan 4950 m. balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Daryoga eng yirik va sersuv irmoq — Vaxsh qo`shilgandan so`ng Amudaryo nomini oladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga etguncha 1200 kilometrdan ziyod masofada boshqa irmoq qo`shilmaydi.