my5
Sevimli

DUNYoDAGI ENG QADIMIY ShAXMAT YuRTIMIZDAN TOPILGAN

Rekord 27.11.2017, 16:01
DUNYoDAGI ENG QADIMIY ShAXMAT  YuRTIMIZDAN TOPILGAN

U qadimiy topilma Dalvarzintepa — O`zbekistonning janub tomonida yashovchi bir hamyurtimizning xonadonidan topilgan. Bu noyob topilma eramizdan avvalgi II asrga to`g`ri keladi.

Haykaltaroshlikka oid miniatyura shaklidagi fil (2,4 x 2,9 x 1,8 sm.) va ho`kiz-zebrani yodga soluvchi (1,8 x 2,2 x 1,9. sm.) ushbu figuralar fil suyagidan yasalgan. U qadimgi shaxmat turi “Shatranj”ga o`xshab o`ynalgan, faqat bu o`yin turida 4 kishi ishtirok etadi.

Topilma Kushon hukm­dorligi davriga tegishli bo`lib, mazkur davlatO`zbekiston, Tojikiston, Afg`oniston, Pokiston va Hindiston hududlarini o`z ichiga olgan.

O`rta Osiyoda ilk bor noyob qadimiy shaxmat toshlariningtopilganligi mintaqagashaxmat o`yini erta kirib kelganidan dalolat beradi. Demak, O`zbekistonning janubiy hududlarinishaxmatning ikkinchi vatani deyish mumkin.

Шарҳлар