42

IXTIROChI OTAXON

Rekord 13.12.2017, 18:09
6725
IXTIROChI  OTAXON

Yaqinda tahririyatimizga 76 yoshli, lekin g`ayrati 25 yoshlilardan-da, baland bo`lgan bir otaxon kirib keldi. Surxondaryoning Qumqo`rg`on tumanidan bo`lgan Abdunazar Soatmurodov yaxshigina ixtirochi ekan. Bunday deyishimizga sabab otaxonning qo`llarida ancha yillar oldin yaratilgan ixtirolarining surati va yana bir yangi loyiha chizmasi ham bor. Ularning nima ekanini esa otaxonning o`zi sharhlab beradi:

— Asl kasbim mexanik. Umrim davomida kolxozda oddiy ishchi, ombor mudiridan tortib, bosh mexanik lavozimigacha ishladim. Ana shu mehnat faoliyatim davomida 80-yillarda eski og`ir avtomobilning ba`zi qismlaridan olib unga reduktor qo`ydim va qo`lbola payvand qilish uskunasini yaratdim. Buning qulayligi shunda-ki, bu uskuna traktorga ulanadi va o`t oldirganda undan chiqqan elektr quvvatiga bemalol payvand ishlarini amalga oshirish mumkin. Shunga ko`ra, undan keng dalada texnikalar buzilib qolganda yoki elektr toki uzilib qolganda bemalol foydalanish mumkin.

— Qiziq, 80-yillarda yaratilgan bu ixtiro hali ham mavjudmi? Nahot hali-hanuz yaroqli bo`lsa?

— Hozir bu tejamkor uskuna o`sha paytda kolxozimizda traktor haydovchisi bo`lgan insonning qo`lida va hali ham turli payvand ishlarida foydalaniladi.

Otaxondan qo`llaridagi qog`ozga chizilgan chizmalar haqida so`radik.

— Bu mening keksayganda yaratgan ixtirom. Bu qurilma sharshara bo`yida charxpalakka joylashtiriladi. Ya`ni charxpalakning ikki tomoniga og`ir disk (moxovik, gruzovik) o`rnatilib, unda kuchli aylanma harakat paydo bo`lgach, joylashtirilgan generator ishga tushadi. Bundan esa toza elektr energiyasi ajraladi. Ammo bu hali loyiha, buni ishga tushirish kerak.

76 yoshli Abdunazar otaning gaplariga quloq tutib, bugungi zamonaviy texnologiyalar ixtirochilari bo`lgan yoshlardan aslo kam emas ekanlar, degan xulosaga keldik.

Комментарии