42

Qurilish biznesining sobiq sohibi

Rekord 14.12.2017, 15:36
6308
Qurilish  biznesining  sobiq sohibi

Millionerning boshiga kulfat tushgunga qadar hammasi a`lo darajada edi. Lekin Brain Bernining rafiqasi saraton kasaliga chalingani ma`lum bo`lgach, uning hayoti tubdan o`zgarib ketdi.

Bu voqea unga qattiq ta`sir qilib, bundan keyin xayriya ishlari bilan shug`ullanishga qaror qildi. Natijada boyligining ma`lum qismini tibbiyot mashinalari kolonnasini tashkil etishga sarfladi. Mazkur tibbiyot mashinalari Shimoliy Angliyaning eng chekka qishloqlarida yashovchi aholiga yuqori malakali tibbiyot xizmatini ko`rsata boshladi. Shifokorlarning maoshini Brain Berni o`z hisobidan to`laydi.

Bir yil davomida dard bilan kurashgan rafiqasi saratonni engishga muvaffaq bo`ldi. Bundan qalbi quvonchga to`lgan Brain Berni mol-mulkining kattagina qismini sotib, pullarini xayriyaga sarfladi. Shundan keyin xayriya jamg`armasi binosida joylashgan kichkina uyga ko`chib o`tib, hayotini saraton kasalligi bilan kurashishga bag`ishladi. Hozirda u nafaqasi hisobiga kun ko`radi va eski mashinada yuradi.

Комментарии