my5
Sevimli

FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

SUG'DIYONA 26.12.2017, 11:36
Теглар: Salomatlik
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

Uzoqni ko`ra olmaslik;

  • skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);
  • gastrit;
  • ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har uchtadan bittasini oshqozoni bezovta qiladi.
  • rangi o`zgaradi;
  • ishtahasi yo`qoladi;
  • tez toliqadi;
  • jig`ildoni qaynab, ko`p kekiradi;
  • ko`krak chuqurchasida noxushlik sezib, qorni dam bo`ladi;
  • ko`ngli ayniydi;
  • qabziyat (ich qotishi)dan qiynaladi.

Ilk xavf

O`quv yili ayniqsa birinchi sinf o`quvchilar uchun qiyin kechadi. Yangi kun tartibi, darslar, tanish bo`lmagan sharoit tufayli bolaning ruhiy holatida o`zgarishlar kuzatiladi. Bu esa o`z navbatida asab tizimiga ham ta`sir qilib, oshqozon‑ichak, og`iz‑quloq‑burun tizimi surunkali kasalliklarining paydo bo`lishiga olib keladi. Shuningdek, gavda holati va ko`rish qobiliyatida ham o`zgarishlar ro`y beradi.

O`quvchilar gastriti

Surunkali gastrit kasalligiga ko`pgina o`quvchilar chalinishi mumkin. Bola o`qituvchi bilan til topisha olmasligi, sinfdoshlari bilan tortishib qolishi, yomon baho olishi kabi holatlarda asabiylashadi. Bu esa oshqozon-ichak tizimida turli buzilishlarga olib keladi. Turli «fast-fud» yoki qovurilgan taomlar bilan ovqatlanish, irsiy moyillik natijasida kasallik yanada zo`rayadi.

Ota‑onada surunkali gastrit bo`lsa, bolada ham bu kasallikka chalinish xavfi ortadi. Bolaning surunkali infeksiyalar — tish kariesi, bodomsimon bezlar yallig`lanishi, gaymorit kabi xastaliklarga chalinishi esa kasallikning yanada jiddiy tus olishiga sabab bo`ladi.

Alomatlari

Gastrit alomatlari har doim ham ko`zga tashlanavermaydi. Gastritga chalinganda bolada quyidagi alomatlar kuzatiladi:

Kasallik qo`zg`alganda esa bu alomatlar kuchayadi.

Tavsiya: bolani ertalab nonushta qilishga o`rgating. Unga foydali (grechka, guruchli) bo`tqa tayyorlab berishdan erinmang. Bolaning portfelida doim qaynatib sovutilgan suv bo`lsin. Tanaffus paytida eyishi uchun ham biror egulik bering. Egulik quruq pechene yoki shokoladdan iborat bo`lmasin. O`quvchi farzandingizga olma yoki yogurt, pishloqli non, hech bo`lmaganda quritilgan meva berib yuboring.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...