my5
Sevimli

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

SUG'DIYONA 26.12.2017, 13:12
Теглар: Salomatlik
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi?

Nazira Abdullaeva, Jizzax viloyati

Dilfuza TURDIEVA, shifokor-pediatr, tibbiyot fanlari nomzodi: — Otit — o`rta quloqning yallig`lanishidir. Farzandingizda otit endigina boshlangan bo`lsa, issiq muolaja orqali uning ahvolini biroz engillashtirish mumkin. Buni quyidagicha bajarasiz: eni 1 sm., uzunligi 10 sm. bo`lgan bintni spirt yoki borat kislotasiga namlab, quloq teshigiga (biroz ichkariroqqa) ehtiyotkorlik bilan tiqib qo`yasiz. So`ng bintni kvadrat shaklida to`rt qavat qilib, o`rtasini ovalsimon shaklda qirqib olasiz (bu teshikdan quloq chanog`ini o`tkazasiz). Tayyorlagan bintingizni spirt bilan namlab quloqqa kiygizib qo`yasiz. Ustidan namlikni shimib olmaydigan qog`oz qo`yib (uning ham o`rtasi teshiladi), uning ustidan paxta qo`yasiz. So`ng chit ro`mol bilan bog`laysiz.

Otitni o`z vaqtida davolatmasangiz, yallig`langan joy yiringlab, bora-bora quloq pardasi teshilishi ham mumkin. Bu esa eshitish qobiliyati pasayishiga olib keladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Шарҳлар

DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...
TEZ TOLIQASIZMI?..

25.12.2017, 11:20

Vitamin etishmasligidan tez toliqasizmi? Buning oldini olish uchun: na`matak, qorag`at (smorodina), yalpiz, gazanda (krapiva) barglarining har biridan bir xil miqdorda aralashtiring. Bu aralashmadan 2 osh...