Долзарб мавзулар Foto

2018 YIL SIZNI NIMA KUTMOQDA? MUChALINGIZGA QARAB BILIB OLING

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 29.12.2017, 10:48

It yili “tovuq” uchun...

(1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017)

Hayotning istalgan jabhasida omad kafolatlangan. 2018 yil boshlanishi bilan misli ko`rilmagan zafarlar qurshab oladi. Maqsadlaringizga tez va oson erishasiz. Shaxsiy frontda ham baxt “ummoni”da suzasiz.


It yili “to`ng`iz” uchun...

(1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019)

Yorqin kelajagingiz uchun qulaylikdan voz kechib, faol mehnatga oshno bo`lishingizga to`g`ri keladi. Ochiqko`ngilligingiz bois atrofingiz to`la odam. Biroq 2018 yilda ular safidan ishingizni orqaga tortadigan bekorchilarni chiqarib tashlaganingiz ma`qul.

It yili “sichqon” uchun...

(1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008)

E`tiboringizni nafaqat mablag` va karera, balki hamkasblaringizga ham qarating. Aniqrog`i iliq munosabatlarni yo`lga qo`ying. Yuqori karerani ko`zlayapsizmi, aqliy salohiyat talab etadigan istalgan yo`nalishda omad siz tomonda bo`ladi. Ob`ektiv va sog`lom fikr bo`lsangiz bas. Biroq sira omadni kimdir qo`sh-qo`llab tortiq qilishini kutmang, unday bo`lmaydi.


It yili “yo`lbars” uchun...

(1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010)

Munosib mehnatingiz ko`zlagan maqsadingizga erishganingizdagina moliyaviy barqarorlik bilan mukofotlanadi. Shaxsiy hayotingiz esa kutilmagan burishlardan holi bo`ladi.


It yili “baliq” uchun...

(1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012)

Muammolar duch kelganda “it” sizni qo`llab-quvvatlaydi, himoya qiladi. Birgina ilhomlanish borasida sizga yordam berolmaydi. Misli ko`rilmagan natijaga erishish uchun jamoaviy ishlash ham as qotadi.


It yili “ot” uchun...

(1930, 1942, 1954,1966, 1978, 1990, 2002, 2014)

Olijanob, donishmand bo`lganingiz uchun ham “it” yilida boshqalar yillab mehnat sarflab erishadigan marraga siz osongina erishasiz. Biroq shunga yarasha hayotning har bir jabhasida faol bo`ling!


It yili “maymun” uchun...

(1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016)

Dadillik, xursandchilik, sayohat, qisqasi istagan xohishingiz muhayyo bo`ladi. Biroq niyatlaringiz ro`yobi evaziga o`z ustingizda ishlash, mehnat qilish talab etiladi.


It yili “it” uchun...

(1934, 1946, 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018)

Katta ham, kichik ham qiyinchilikka duch kelmaysiz. Osoyishtalik, barqarorlik sizni xushnud etadi.


It yili “sigir” uchun...

(1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009)

Mehnatkash “sigir” 2018 yil “sohibi” tomonidan xurmat, qo`llab-quvvatlashga ega bo`ladi. Chetdan qaraganda, hayotingiz bir “qolip”da, zerikarlidek tuyuladi, aslida esa aksincha. 2018 yilda keng miqyosdagi g`alabalarga erishmassiz, biroq o`zingiz bilan g`ururlanishga arzirli sabablar etarlicha bo`ladi.


It yili “quyon” uchun...

(1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011)

Soddagina “quyon”lar 2018 yilni g`alabalar bilan o`tkazadi. Kamtarinligi bois ortga surib kelayotgan ishlaringizda nimalarga qodirligingizni ko`rsating. Muhimi o`z kuchingizni munosib baholay oling!


It yili “ilon” uchun...

(1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013)

Atrofdagilarning fikri bilan hisoblashishni boshlaysiz. Muvaffaqiyatlarga osonlik bilan erishmaysiz, tinimsiz mehnatgina omadingizni ta`minlaydi. Moddiy axvolingiz esa barqaror bo`ladi.

It yili “qo`y” uchun...

(1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015)

2018 yildagi har bir qaroringizni o`ynab emas, o`ylab qabul qilishingizga to`g`ri keladi. Maqsadingizni aniq belgilab olsangiz, 2018 yil “sohibi” sizga albatta yordam qo`lini cho`zadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA