13

YuQORIGA KO`TARILISh YO`LIDA UChRATAYoTGAN ODAMLAR BILAN XUShMUOMALA BO`LING

Munajjimlar bashorati 10.01.2018, 10:02
5642
YuQORIGA KO`TARILISh YO`LIDA  UChRATAYoTGAN ODAMLAR BILAN XUShMUOMALA BO`LING

Qavs

(23 noyabr – 21 dekabr)

Umumiy bashorat

“It” yili Qavs burji sohiblariga ajoyib natijalar keltiradi. Atrofdagi har bir holatdan ilhomlanish, ishning samaradorligiga sezilarli ravishda ta`sir ko`rsatadi. Cayohatchi va sarguzasht izlovchilar ham bu — “Qavs”lar. 2018 yil kelishi bilan oldingizga 2 ta: yo mashhurlik “nur”laridan bahramand bo`lish yoki osuda oila­viy hayot qurshovi tanlovi qo`yiladi. Mazkur burj sohiblari olomondan ajralib turishga odatlanishgan. His-hayajonlarga boy jo`shqin hayot ular uchun oddiy holdek. 2018 yil kelishi bilan o`zlarini nimalarga qodirliklarini butun olamga ko`rsatib qo`yishni istashadi.

Yil boshida ko`pchilik “Qavs”lar rashk qi­lish “xas­ta”ligiga chalinishadi. Oiladagi tinch­lik va o`r­ta­dagi ishonch darz ketmasligi­ uchun “fan­ta­ziya”laringizni ishga solmay, his­siyot­la­rin­gizni ji­lovlay biling.

Yilning ikkinchi yarmi bahorga nisbatan ancha omadli keladi. “Qavs”lar mo`may maoshga ega yangi ish topish, ko`nglidagidek uy olish va eng muhimi, oila qurmagan “Qavs”lar juftini topishga, umuman hamma istaklari ro`yobiga ulguradilar.

Dam olishni yaxshisi avgustga qoldirganingiz ma`qul. Boisi profilaktika uchun sanatoriyada davolanasiz. Noyabr va dekabrda keng tarqaladigan migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan bosh og`rig`i), asab tizimi xastaliklarini chetlab o`tgan bo`lasiz.

Kuz bahor singari biroz yoqimsiz “sovg`a”larni tayyorlab qo`ygan. Yaqinlaringizga ko`mak zarurati tug`ilishi sabab, sevimli ishingizni tashlab, qadrli insoningiz yonida bo`lish ehtimolingiz yuqori. “Qavs”lar ruhan ziflashganlarida esa bu borada ularni qo`llab-quvvatlay oladigan “ustoz” uchrab, mushkullarini engillashtiradi.

Yil yakuni omadli kechadi va nihoyat o`ylagan rejalaringizni amalga oshirishga imkon tug`iladi va albatta iste`dodingizning muxlislari topiladi. Aynan qish mavsumida “Qavs”lar juftlari bilan romantik onlarga oshno bo`lishadi.

ShAXSIY XAYoT

Shaxsiy hayotda ham “Qavs”lar yoqimli onlar qurshovidan sarmast bo`lishadi. Yolg`iz “Qavs”lar o`z juftini topadi. Oilalilari xonadoniga chaqaloqning kelishi quvonch bag`ishlaydi. Biroq yil boshida “Qavs”lar juftlarining ko`magiga kuchli ehtiyoj sezishadi. Goho kamgap, o`ychan bo`lib qolishingiz ham mumkin.

Bahorda “Qavs”lar shu qadar jozibador bo`li­sha­diki, qarshi jins vakillari befarq o`tolmaydi. Bu muddatdagi munosabatlarda “Qavs”lar e`tibordan tashqari o`zaro hurmat, umumiy qiziqishlar ham muhimligini anglaydi. Yilning birinchi yarmida juftingizni topish uchun qilgan harakatlaringiz besamar ketadi.

Yoz sokin hayotni va`da qilmoqda. Bu muddatdagi e`tiboringiz ish va oilaga qaratilgan bo`ladi. Qolaversa, aynan shu mavsumda ko`nglingizdagidek juftni topishga erishasiz. Bu istagingiz ro`yobi sizni yangi maqsad va marralar sari etaklaydi.

Sentyabrga yaqin sevimli insoningizning g`am­xo`r­li­gi, e`tibori, e`zozi qurshovida bo`lasiz. Siz ham shu munosabatga yarasha javob qaytarishni unutmang!

SALOMATLIK

2018 yil “Salomatlik – tuman boylik” naqli doimiy hamrohingiz bo`lsin. Aniqrog`i, yil boshidanoq sog`ligingizga judayam e`tiborli bo`ling. Bo`­g`im­lar, umurtqa va harakatlanuvchi organlardagi og`riq bezovta qilishi mumkin. Shifokor huzuriga bormay, o`zingizcha davolanishdan faqatgina zarar qilasiz. Xastaligingiz bois ishingizning ham unumi bo`lmasligi tabiiy.

Kuzning boshida shamollash bezovta qilishi ehtimoli bor. O`z vaqtida shifokorga uchramasangiz, oqibati buyrak xastaligi va sog`ligingizdagi jiddiy zaiflik bilan tugashi mumkin.

KARERA

Ishdagi raqobat qanday bo`lishini to`la anglaysiz, his qilasiz. Bu masalada omad siz tomonda bo`ladi. Biroq oyog`ingizdan “chaluvchi”lar doim topiladi. Lekin yordam qo`lini cho`zadiganlar ham yoningizda shay turadi. “Qavs”lar orasida yangi ishda o`zlarini sinab ko`rmoqchi bo`lganlar ham topiladi. Muvaffaqiyatga erishishga esa etarlicha vaqt, asab va albatta mehnat talab etiladi. Lekin natijasi shunga arziydi. Qo`ygan yangi qadamingiz omadli natija bilan yakunlanganidan mamnun bo`lasiz.

AYoL "QAVS"LAR

Oila qurmagan nozik xil­qat­ vakillari o`z juftlari­ni topishni istashadi. Bi­roq talablari yuqoriligi bois bu jarayon natijasi o`zini uzoqroq kuttiradi. Nomzodlar soni ko`p bo`lgani bois tanlov qiyin kechadi. Baxtingizni olisdan emas, atrofingizdan izlashni maslahat beramiz. Munosib juft topilishi masalasi rejalaringizning ikkinchi darajasidan o`rin olganda esa istagingiz ro`yobi kutilmaganda bo`y ko`rsatadi. Aniqrog`i, bu hodisa butunlay boshqa ishlarga sho`ng`igan paytingiz — yoz mavsumiga to`g`ri keladi.

2018 yilning ikkinchi yarmi yorqin va xur­sand­chiliklarga boy bo`ladi. Kuz mavsumining o`rtalariga kelib, kattagina sovg`a bilan siylashadi. Ushbu hadya ayol “Qavs”larning yuragini olov misol “yonishiga” sabab bo`ladi. Garderobingizni yangilashni maslahat beramiz. Bu o`zgarish ayollik nafosati, nazokatingizni yanada oshirib, kayfiyatingizga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Yil yakunida bor diqqat-e`tiboringizni yaqinlaringizga bag`ishlaysiz. Ular ha­qi­da qayg`urishingiz oila-a`zolaringizni ham xushnud etadi.

ERKAK “QAVS”
lar UChUN

Hissiyotlarni chetlab o`tib, aql bilan ish tutadigan erkak “Qavs”lar xizmat joyida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ziddiyatli holatlarni qanday chetlab o`tishni juda yaxshi bilishadi va bu boradagi shaxsiy qoidalarini chetlab o`tmasliklari doim ularga qo`l keladi. Yil boshidan moddiy ahvolingizni yaxshilab, to`kin hayot kechirish uchun harakatda bo`lasiz. Qiyinchiliklar va mas`uliyatdan cho`chimaydigan “Qavs”larga albatta omad yor bo`ladi. Aniq rejalaringiz moliyaviy ahvolingizni barqarorlashtiradi. Ushbu daromadga o`zingiz uchun katta xarajatli xarid qilasiz. Biroq bu ruhingizni cho`ktirmaydi, boisi 2018 yil quvonchli keladi. Biroq bu yilda sog`ligingizga xavf solishi mumkin bo`lgan xastaliklar haqida ham aslo unutmang. Konsultasiya uchun shifokorga uchrashni maslahat beramiz.

2018 yilning qay darajada samarali bo`lishi yangi marralar sari qadam qo`yishda ikkilanmasligingiz, cho`chimasligingizga bog`liq. Betoqatligingiz sababmi, tashkilotchilik qobiliyatingizni doim ham yuzaga chiqaravermaysiz. Aksincha yo`l tutsangiz, “oshig`ingiz olchi” bo`ladi. Shuningdek, ko`proq vaqtingizni karera, undan ortganinigina dam olishga ajratsangiz, ayni muddao bo`ladi. Biroq unutmangki, yuqoriga ko`tarilish yo`lida uchratayotgan odamlar bilan muloyim bo`ling. Negaki vaqti kelib pastga tushayotganingizda ular bilan yana uchrashasiz. Dam olishni mazmunli o`tkazish uchun esa mutolaaga e`tibor qaratganingiz maqul. Zero, kitob o`qishdan ko`ra, arzonroq vaqti chog`lik va davomiyroq rohat bo`lmasa kerak. Shuningdek, kundalik yozish ham chetdan o`zingizga nazar tashlashga beminnat ko`makchi bo`ladi. Unutmang, insonning xatti-harakatlari — fikrlarining eng yaxshi tarjimonidir.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз