Ташкент +13° Sun 19:17
Долзарб мавзулар Foto

Hayitga xina yarashar!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 13.06.2018, 11:40

Bir necha kundan so`ng Ramazon hayiti. Shunday kunda ayollarimiz o`zlariga boshqacha oro berib, ko`zni quvontirishadi. Ayniqsa, dugonalar yig`ilib xina bazmi uyushtirganiga nima etsin! Buning uchun ko`p esa narsa kerakmas. Xohish bo`lsa, kifoya. Biz esa bazmning asosiy qahramoni haqida gaplashamiz.

Davosidan bebahra qolmang

Sharq mamlakatlarida xinadan yaralarni dizenfeksiyalashda, suyak kasalliklarini davolashda, stomatologik xastaliklarda va artritni bartaraf etishda foydalanilgan. Mehendi ham salomatlik vajidan kelib chiqqan san`atdir. Ayniqsa, terining zamburug`li kasalliklarida (oyoqdan noxush hid kelganida) xinadan turli naqshlar chizilgan.

Xinaning hozirgi paytga kelib 5 xil bo`yash usuli bor: arabcha, hindcha, marokashcha, osiyocha va evropacha. Har bir usul bir-biridan naqshlari va suratlari bilan farq qiladi. Didingizga mosini tanlab chizdiraverasiz. Istasangiz, 5 uslubni mujassamlashtirishingiz ham mumkin.

Naqshlar nimani anglatadi?

  • Gullar va mevalar suratini ichki dunyosi boy, hayotidan mamnun va baxtli insonlar tanlashdi.
  • Qalampir ko`rinishidagi naqsh asosan bo`lajak kelinlarga baxt, tinchlik, to`kinlik, farzand tilab chiziladi.
  • Urug` odatda qalampirning yonida yoki asosiy naqshning markaziga chiziladi va baxt-saodatni anglatadi.
  • Pat — hayotga bo`lgan muhabbat, qat`iylik, o`ziga ishonganlar chizdiradign suratdir.
  • Tovus — g`urur, quyosh esa go`zallik va o`zgacha qobiliyat ramzidir.

O`zingiz chizib ko`rmaysizmi?

Mehendi uchun tabiiy, hafvsiz bo`yoq xina ishlatiladi. Tayyor xinali qorishmanikosmetik do`konlardan, yoki xina bilan chizuvchi mutaxassislardan xarid qilasiz. Chizish uchun esa maxsus konussimon tyubik harid qiling. Tabiiy xinadan tayyorlangan qorishma terida to`q jigarrang, sun`iy bo`yoqlar bilan aralashtirilgani esa ochroq yoki tim qora surat xosil qiladi. Shuning uchun harid qilishdan avval uni qo`lingizga surtib ko`ring.

Rasm darsidan a`lo bahoga o`qimaganlar uchun maxsus, taklifimiz bor: bir-biridan go`zal naqshlar aks etgan trafaretlardan xarid qiling-da, qo`lingizning ustiga qo`yib go`zallik yarating. Agar o`zingiz chizishga kirishgan bo`lsangiz, paxtali disklardan yoningizga qo`yib oling. To`satdan, xato chizilgan naqshni zudlik bilan artib tashlaysiz. Shunda uning izi qolmaydi. Mehendi chizishga kirishishdan avval, terini limon sharbati solingan iliq suv yordamida tozalab oling, shunda u toza teriga chuqurroq singib, uzoq muddat saqlanadi. Xina qotib bo`lganda, asal va limon sharbatdan 1:1 nisbatda aralashtirib ustidan surting va butunlay qurishini kuting. Toki xina qoldiqlari teridan o`zi tushsin. Ana shunda naqshlaringiz yorqin va jilvakor bo`ladi. 8 soat davomida mehendi chizilgan teriga suv tegmasligi kerak.

Kichik tavsiyalarimiz ham bor

  • Mehendi chizdirishdan 1-2 kun avval, teringizni ortiqcha tuklardan tozalab oling. Shunda surat bir tekis chiziladi, teri esa mayin va bejirim ko`rinadi.
  • Cho`milish havzasiga otlanishdan avval, mehendi chizilgan joylarga bodom yog`idan yoki quyoshdan himoyalovchi kremdan surtib oling.
  • 2 haftadan so`ng o`z rangini yo`qota boshlagan naqshlarni, cho`milish jarayonida oddiy “mochalka” bilan ishqalab ketgazsangiz bo`ladi.
  • Teri kasalliklarining oldini olgan holda, 1 oyda tananing bir qismida 2 martadan ko`p mehendi chizish mumkin emas.

Sifatlisini tanlaymiz

Tabiiy xinaning yaroqlilik muddati 12 oy hisobalanadi. Shunday bo`lsa ham to`g`ri saqlangan xina birinchi uch oydagina yorqin rangli iz qoldiradi. Undan so`ng esa xiralashishi mumkin. Agar qadoqda yaroqlilik muddati yozilmagan bo`lsa, uning ko`rinishiga qarab ham yangi yo eskiligini aniqlash mumkin. Agar konussimon tyubik xuddi yorilib ketadigandek shishib tursa va uni siqish qiyinchilik tug`dirsa, hech ikkilanmay shunisini harid qilavering, chunki bu xinaning o`ta yangiligidan dalolat. Aksincha holatlarda esa yaroqlilik muddati o`tigan hisoblanadi.

Mehendi uchun qorishmani o`zingiz ham uy sharoitida tayyorlay olasiz. Buning uchun xina kukuni, achchiq qilib damlangan yarim stakan qora choy, yarimta limon sharbati va 2 osh qoshiq shakar kerak bo`ladi. Choy, limon sharbati va shakarni aralashtirib, quyuq qorishma bo`lgunga qadar xina soling. Tayyor mehendi xinasini 20 daqiqa tindiring. Ana shundan so`nggina ishga kirishsangiz bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.10.2018, 15:38