Му5
44

Qurbonlik fazilatlari

Hidoyat sari 14.08.2018, 12:33
14943
Qurbonlik fazilatlari

Islom olamida beshinchi arkon muborak haj ziyorati ado qilinadigan Zulhijja oyi yaqinlashib kelmoqda. “Yo`lga qodir bo`lganlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir”-degan oyatga, Allohni amriga muvofiq hojilar haj ziyoratiga oshiqmoqdalar.

Zulhijja oyining fazilatli qurbonlik kularida qurbonlikni niyat qilganlar, bu niyatini ado qilganlarga behisob ajru-savoblar yog`ilishi bor. Hazrati Ali (k.v) Rasululloh s.a.v. dan rivoyat qilgan hadisda: “Kimki qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga o`nta savob ato etiladi va gunohlarini kechiradi. Qurbonlikni savdo qilayotganda, aytgan so`zlarini tasbeh o`rniga qabul qiladi. Qurbonlik uchun bergan har bir dirhamiga etti yuz dirham savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidano`nta farishta yasatadi va ular qiyomatgacha uning istig`forini aytadilar. Qurbonlik go`shtining har luqmasi uchun bir qulni ozod qilganlik savobi yoziladi”, - dedilar.

Bu muborak hadisdan ma`lum bo`ladiki, qurbonlik uchun qilinadigan har bir harakatga savob bo`lar ekan. Mana shundanday sovob ilinjida bo`lganlar qurbonlik uchun qanday jonliq mumkinu-qanday jonliqlar mumkin emasligini yaxshi bilishlari lozim bo`ladi. Qurbonlikka tuya, sigir, qo`y-echki kabi jonliqlar qilinadi, lekin tovuq, g`oz kabi parrandalar bo`lmaydi. Endi mana shu qurbonlikka atalgan jonliqlar tuya, sigir besh-etti kishi nomidan, qo`y-echki bir kishi nomidan qurbonlik qilinadi. Bu jonliqlar oriq, kasal, go`loq, ko`r, shohi singan, qulog`ini yarmidan ko`pi kesilgan, nuqsonli bo`lmasligi, har jihatdan sog`lom, semiz, ayblardan xoli bo`lishligi maqsadga muvofiqdir.

Qurbonlikni niyat qilganlar jonliqni so`yadigan vaqtni ham yaxshi bilishlari lozim. Qurbon hayiti o`qilgandan so`ng jonliqlar so`yiladi va uchinchi kun asr namozigacha qurbonliklar ado qilinadi. Hayitdan ilgari so`yib qo`ysa, yoki uch kunni o`tkazib so`ysa, qurbonlik o`rniga o`tmaydi. Ba`zi qassoblarni o`rtasida savol bo`lib qoladi: Uch kun qurbonlik kunlarida odatdagidek mol so`yib do`konga olib kelsa, qurbonlikka o`tib ketarkan?-deyishlari mutloqo noto`g`ridir. Chunki qurbonlikka niyat bor, jonliqni ehson qilib tarqatish bor, lekin odatdagidek mol so`yishda niyat faqat savdo uchunbo`lgani bois, ular qurbonlikka o`tmaydi.
Qurbonlikni hayit kunidan boshlab, uch kun ichida ado qilganlarga Rasululloh s.a.v. xushxabar etib muborak hadisda:

“Guvohlik beraman, har kim qurbonlik qilsa, qurbolikni erga tomgan birinchi tomchi uchun Alloh subhanahu va taolo uning o`tmishdagi gunohlarini mag`firat etadi”-dedilar.
Yaratgan parvardigor yurtimiz, xalqimiz uchun, kelayotgan qurbon hayitini barokotli qilsin, barchalarimizni bu ulug` kunlar fazilatidan nasibodor aylasin!

Eslatib o`tamiz, joriy yilda Qurbon hayiti bayrami 21 avgustda nishonlanadi.


“Qizbibi” jome` masjidi imom-xatibi
Hazrat Jahonov.

Шарҳлар