Kecha, 15 oktyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo xarorati keskin o`zgardi.
Toshkentda kechga yaqin kuchli chang shamol ko`tarilib, yomg`ir yog`a boshladi.
Ko`chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida "loyli" yomg`irdan dog`lar paydo bo`ldi. Shuningdek, avtomashinalarda ham ushbu holat kuzatildi.
Eslatib o`tamiz, Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin.

Kiyimdagi "loyli"dog`lar:

Avtomashinadagi "loyli" qoplama:










