Му5
46

«Dekabr» salati — juda oson tayyorlanadi

SUG'DIYONA 18.12.2018, 11:50
12398
«Dekabr» salati — juda oson tayyorlanadi

Zarur masalliqlar: 2-3 ta qizil lavlagi, bitta o`rtacha kattalikdagi piyoz, 4-5 osh qoshiq o`simlik yog`i, ta`bga ko`ra tuz va murch.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan lavlagini qirg`ichdan o`tkazing.

2. Mayda to`g`ralgan piyozni o`simlik yog`ida qovurib oling.

3. Piyozni lavlagi bilan birlashtiring. Tuz va murch qo`shing.

4. Salatni likopchadagi qolip ichiga solib, shakl bering. So`ng 20 daqiqaga muzlatgichga qo`yasiz.

Tayyorlanish vaqti 15 daqiqa

4 kishilik

Шарҳлар