Му5
4

Buxoroda 115 nafar shaxslar jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan (Foto)

Jamiyat 15.12.2019, 02:42
501
Buxoroda 115 nafar shaxslar jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan (Foto)

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi doirasida mahalliy va xorijiy OAVlari ishtirokida press—tur o`tkazildi...

Press—tur safaridagi so`nggi manzil esa Buxoro viloyati bo`ldi. Buxoro viloyatidagi ilk tashrifimiz Buxoro tuman sudi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. 

Press—tur ishtirokchilarini Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat Buxoro tuman sudi raisi Nozimjon Jo`raev, Buxoro viloyat Buxoro tuman ma`muriy sudi raisi Zavqiddin Muzaffarov va sudyalar qarshi olishdi.

“ARXIV HUJJATLARINI SAQLAShDA XAVFSIZLIK DARAJASI YuQORI BO`LGAN ARXIV XONALARI HAM TAShKIL ETILDI”

Ta`kidlash joiz, Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro tuman va Buxoro tuman ma`muriy sudi binosi Prezidentimiz va Oliy sud rahbariyatining tashabbusi bilan zamonaviy sud binosi manzilli investisiya dasturi asosida 3 milliard 900 million so`m mablag` evaziga qurilgan.

Zavqiddin Muzaffarov, Buxoro viloyat Buxoro tuman ma`muriy sudi raisi:

- Binoimizda fuqarolarni kutib turishi va ularni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xususan, fuqarolar va arizalarni qabul qilish, tibbiyot xonalari, advokat va prokuror uchun alohida xonalar mavjud.

Sud raislari va sud apparati xodimlari faoliyat yuritishi uchun alohida xonalarning mavjudligi ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sud zali eng zamonaviy rusumdagi “videokonferensaloqa rejimi”da sud majlisi o`tkazish uskunalari bilan jihozlangan. Bu esa sud prosessi ishtirokchilarini Buxoro tumanidan boshqa hududdagi sudlarga pul mablag`lari va asosiysi qimmatli vaqtini sarflab borib yurmasligini ta`minlaydi. 

Shuningdek, arxiv hujjatlarini saqlashda xavfsizlik darajasi yuqori bo`lgan arxiv xonalari ham tashkil etilgan. Sud xodimlarining bilimi va ishchanlik ko`nikmasini oshirish uchun kutubxona ham mavjud.

Ashyoviy dalillarni saqlash xonasi, zamonaviy lokal aloqa tarmog`i va optik tolaga ulangan server xonasi, zamonaviy isitish va sovutish tizimlari, video kuzatuv, yong`inga qarshi kurashish va qo`riqlash xavfsizlik tizimlari bilan ta`minlangan.

Shu o`rinda Respublika ma`muriy sudlarining 2019 yil 9 oylik faoliyatidagi ma`lumotlar bilan ham qiziqdik.

Xolmo`min Yodgorov, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o`rinbosari:

- Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) ma`muriy sudlarida jami 278 ta sudyalik lavozimi shtatlari ajratilgan. Bugungi kunda 258 nafar sudyalar faoliyat ko`rsatmoqda. 20 nafar sudyalik lavozimi vakant.

2019 yilning 9 oyida ma`muriy sudlarda jami 324 481 ta ish va materiallar ko`rib tamomlangan. Shundan:

  • 345 159 nafar shaxsga nisbatan 286 772 tasi ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar.
  • 12 159 tasi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma`muriy ishlarga oid ariza va shikoyatlar.
  • 25 550 tasini materiallar tashkil etgan.

 

Mazkur davrda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma`muriy ishlarga oid jami 12 159 ta ariza (shikoyat)lar ko`rib tamomlangan. Ya`ni:

  • Ma`muriy organ, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organining qarorini haqiqiy emas deb topishga oid 4 784 ta ishlar (1 342 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. Shundan 2 948 tasi qanoatlantirilgan, 1 335 tasi rad etilgan, 137 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 364 tasi tugatilgan.
  • Ma`muriy organ, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organi mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topishga oid 5 173 ta ishlar (1 944 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 4 072 tasi qanoatlantirilgan, 687 tasi rad etilgan, 133 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 281 tasi tugatilgan.
  • Saylov komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topishga oid 69 ta ishlar (8 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 30 tasi qanoatlantirilgan, 32 tasi rad etilgan, 1 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 6 tasi tugatilgan.
  • Saylov komissiyasining xatti-harakatini qonunga xilof deb topishga oid 31 ta ishlar (1 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilib, 12 tasi qanoatlantirilgan, 17 tasi rad etilgan, 2 tasi tugatilgan;
  • Notarial harakatni amalga oshirishni rad etganlik ustidan 17 ta ishlar (3 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 8 tasi qanoatlantirilgan, 8 tasi rad etilgan, 1 tasi tugatilgan.
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro`yxatga olish rad etilganligiga oid 85 ta ishlar (18 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 60 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasi rad etilgan, 3 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 7 tasi tugatilgan.
  • Notariusning harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topishga oid 44 ta ishlar ko`rilgan. 22 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasi rad etilgan, 2 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 5 tasi tugatilgan.
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topishga oid 487 ta ishlar (74 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 395 tasi qanoatlantirilgan, 60 tasi rad etilgan, 8 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 24 tasi tugatilgan.
  • Davlat ro`yxatidan o`tkazishni rad etganlikka oid 143 ta ishlar (21 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 63 tasi qanoatlantirilgan, 58 tasi rad etilgan, 5 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 17 tasi tugatilgan.
  • Belgilangan vaqtda davlat ro`yxatidan o`tkazishdan bo`yin tovlaganlikka oid 18 ta ishlar (2 tasi sayyor sud majlisida) ko`rilgan. 6 tasi qanoatlantirilgan, 6 tasi rad etilgan, 2 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 4 tasi tugatilgan.

Ma`muriy sudlar tomonidan MIBga jami 194,09 mlrd.so`mlik 114 457 ta ijro varaqalari ijro uchun yuborilgan.

Davlatga jarima undirish to`g`risidagi ijro varaqalari 1 263 090 725 so`mlik 2 000 tani tashkil etgan.

“96 TA JINOYaT IShIDAN 39 TASI SAYYoR SUD MAJLISLARIDA KO`RIB ChIQILDI”

Buxoro tuman sudiga tashrifimiz davomida Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat Buxoro tuman sudi raisi Nozimjon Jo`raev bilan suhbatda bo`lib, 2019 yilning 11 oyida jami ko`rilgan ishlar statistikasi bilan qiziqdik...

- Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro tuman sudi tomonidan 2019 yilning 11 oyida jami 117 nafar shaxsga nisbatan 96 ta jinoyat ishi ko`rilgan. Shundan 91 nafar shaxsga nisbatan 72 ta jinoyat ishi bo`yicha ayblov hukmi chiqarilgan. 26 nafar shaxsga nisbatan esa 26 ta jinoyat ishi tomonlarning o`zaro yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.

Jami sudlangan 91 nafar shaxsning:

  • 13 nafari yoki 14 foiziga jarima,

26 nafari yoki 28.7 foiziga axloq tuzatish ishlari,

  • 27 nafari yoki 29.7 foiziga ozodlikni cheklash,
  • 22 nafari yoki 24.7 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan,
  • 1 nafar shaxs yoki 1,9 foizi shartli hukm qilingan.

Mazkur davrda tuman sudi tomonidan 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi bo`yicha oqlov hukmi chiqarilgan.

Ushbu davrda voyaga etmagan 2 nafar shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. 1 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 1 nafar voyaga etmagan shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Joriy yilda 10 nafar ayollarga nisbatan 10 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. 9 nafar shaxsga nisbatan 9 ta jinoyat ishlari bo`yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi tugatilgan.

60 yoshdan oshgan 5 nafar shaxsga nisbatan 5 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. Shundan 2 nafariga jarima, 2 nafariga ozodlikni cheklash jazosi, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

- Jinoyat ishlarining necha foizi sayyor sud majlislarida ko`rilgan?

- 2019 yilning 11 oyida tuman sudi tomonidan jami ko`rib chiqilgan 96 ta jinoyat ishidan 39 tasi yoki 39,80 foizi sayyor sud majlislarida ko`rib chiqilgan.

Ushbu davrda jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to`g`risida 63 ta yoki ishlarning 64,29 foizi bo`yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan.

- Samarqand viloyatining Toyloq tuman sudida bo`lganimizda, 5 nafar sudlanuvchining jazosining qolgan qismini o`tashdan shartli ravishda ozod qilinganiga guvox bo`ldik. Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat Buxoro tuman sudida ham muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlar bormi?

- Albatta, sud tomonidan jazoni o`tash qoidalariga rioya qilgan, yashash joyi va jazoni o`tash joylarida ijobiy tavsiflangan, qilmishidan pushaymon, mehnatga halol munosabatda bo`lgan jami 115 nafar shaxslar jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. Shundan 48 ta material sayyor sud majlisida ko`rib chiqilgan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA, Buxoro viloyati

Шарҳлар