my5

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi

Jamiyat 21.01.2020, 19:35
Теглар: Ramzan, ta`ziya
5298
Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Tomsk viloyatida sodir bo`lgan yong`inda o`zbekistonliklarning halok bo`lishi munosabati bilan hamdardlik yo`lladi.

“Tomsk oblastida fojia yuz berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in vaqtida o`nlab o`zbekistonliklar halok bo`lishgan. Bu oila a`zolari va do`stlar uchun katta qayg`u. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va qurbonlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiraman! Alloh taolo ularni rahmatiga olsin”, deb yozadi Ramzan Qodirov “Telegram”dagi sahifasida.

Eslatib o`tamiz: 21 yanvar kuni Tomsk viloyati, Asino rayonidagi Prichulmsk aholi yashash punkti, Svoboda ko`chasidagi bir qavatli yog`ochdan qurilgan 1/3-uyda yong`in sodir bo`lgani va unda 10 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgani haqida xabar bergandik

Shuningdek O`zbekiston TIV halok bo`lganlarning shaxsini aniqlashtirilayotganini ma`lum qilgan edik.

Шарҳлар