Му5
5

Yana Rossiya, yana yong`in, yana o`zbeklar, yana qurbon...

Jamiyat 23.01.2020, 19:13
2128
Yana Rossiya, yana yong`in, yana o`zbeklar, yana qurbon...

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma`lumotiga ko`ra, 2020-yil 23-yanvarga o`tar kechasi Tomsk viloyati Pervomaysykiy tumani Voznesenka qishlog`ida vagoncha yonib ketishi oqibatida O`zbekiston fuqarosi Sh.R. vafot etdi, deya ma`lum qildi TIV.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi va Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tiva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi, Oltoy o`lkasi, Zabaykal o`lkasi, Krasnoyar o`lkasi, Irkusk viloyati, Kemerovsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.

Eslatib o`tamiz, 22 yanvar kuni ham Rossiyaning turli joylarida sodir bo`lgan YTHlar natijasida O`zbekiston fuqarolari halok bo`lgan edi.

Shuningdek, xuddi shu kuni Aqtobe viloyati Irg`iz tumani hududida Samara-Chimkent avtomobil trassasida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida engil-avtomobil yo`lovchisi, O`zbekiston fuqarosi N.S. vafot etgani xabar qilingan edi.

Шарҳлар