my5
all

JSST vakili koronavirusning eng aniq alomatini ma`lum qildi

Dunyo 06.04.2020, 08:55
2651
JSST vakili koronavirusning eng aniq alomatini ma`lum qildi

Butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari va klinik belgilari ayni paytda har bir fuqaroga yod bo`lib ketdi, shubhasiz. Tomoq og`rishi, quruq yo`tal, isitma ko`tarilishi, qorinda og`riq va ich ketishi kabi bir nechta belgilari OAV va internet tarmog`ida keng yoritilmoda. Biroq, ushbu ilk belgilar orasida kasallikning aniq alomati JSST vakili tomonidan alohida qayd etildi. 

Koronavirusga chalinganlikning birinchi alomati yuqori harorat hisoblanadi, deydi Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti vakili Margaret Xarris «Rossii 1»ga bergan intervyusida.

«Odamlarning aytishicha, yarim tunda uyg`onib ketishadi, o`zlarini juda yomon his qilishadi, nima bo`layotganini tushunishmaydi. Shundan so`ng bemorning eti uvushadi. Eng aniq alomati – isitma va 38 darajadan yuqori haroratdir. Koronavirusni yuqtirgan 90 foiz bemorlar shunday holatga duch kelishadi», — deydi JSST vakili.

Eslatib o`tamiz, ayni paytgacha, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 342 nafarni tashkil etmoqda.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 22 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

Шарҳлар