AsosiyDunyo

Italiyada koronavirusga chalinish holati pasaydi. Kasallik bo`yicha dunyodagi so`nggi vaziyat

'Italiyada koronavirusga chalinish holati pasaydi. Kasallik bo`yicha dunyodagi so`nggi vaziyat'ning rasmi

Italiyada aniqlangan koronavirusning yangi holatlari asta-sekin kamaymoqda. 5 aprel kungi ma`lumotga ko`ra, Italiyada 4,3 ming kishi kasallangan,  21 mart kuni kasallanganlarning eng yuqori cho`qqisi qayd etilgan edi. Ikki hafta davomida kasallik tarqalishining asta-sekin pasayishi kuzatildi.

Eslatib o`tamiz, Italiyada COVID-19 ning 128 948 holati aniqlangan, ulardan 15 887 nafari vafot etgan va 21 815 nafari esa sog`aygan.

Jon Xopkins universitetining 2020 6 aprel kunidagi COVID-19 pandemiyasi statistikasiga ko`ra, dunyo bo`ylab qayd etilgan holatlar 1 274 923 tani ko`rstgan.  Shundan vafot etganlar: 69 479 naqarni, tuzalganlar esa 260 484 nafarni tashkil etdi. Davlatlar hisobtga ko`rsatkichlar qo`yidagicha: 

1. 🇺🇸AQSh - 337 620  

2. 🇪🇸Ispaniya - 131 646

3. 🇮🇹Italiya - 128 948

4. 🇩🇪Germaniya - 100 123

5. 🇫🇷Fransiya - 90 780

6. 🇨🇳Xitoy - 82 626

7. 🇮🇷Eron - 58 226

8. 🇬🇧Buyuk Britaniya - 48 440

9. 🇹🇷Turkiya - 27 069

10. 🇨🇭Shveysariya - 21 100

Eslatib o`tamiz, ayni paytgacha, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 342 nafarni tashkil etmoqda.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 22 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

    Boshqa yangiliklar