1

Andijon viloyat IIBning katta tergovchisi va hibsxona boshlig`i 12 ming dollar bilan ushlandi

Jinoyat 07.02.2021, 14:46
Teglar: Andijon, IIB
Andijon viloyat IIBning katta tergovchisi va hibsxona boshlig`i 12 ming dollar bilan ushlandi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tergov boshqarmasi katta tergovchisi hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig`i o`zaro kelishgan holda jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 1412- va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib uning opasidan 12 ming AQSh dollori talab qilishadi. 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so`ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 1412-moddasi shaxsga doir ma`lumotlar, 182-moddasi esa bojxona to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzishni nazarda tutadi.

Sharhlar

Andijondagi bog`chada tarbiyachi bolani kaltakladi

22.05.2024, 14:22

Andijondagi bog`chalardan birida tarbiyachi bolani kaltaklagani aks etgan videolar yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.Videoyozuvga ko`ra, voqea 18 may sanasi 17:20...
Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Andijondagi "Muhtasham yuz yil" qasri... (video)

08.05.2024, 17:49

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...
Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1