1

Bo`stonliq tumanida ot sporti bo`yicha xalqaro musobaqalar bo`lib o`tmoqda

Jamiyat 26.03.2016, 23:16
Teglar: Sport
Bo`stonliq tumanida ot sporti bo`yicha xalqaro musobaqalar bo`lib o`tmoqda

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida bolalar va o`smirlar o`rtasida konkur (to`siqlarni  oshib o`tish)  bo`yicha xalqaro musobaqalar bo`lib o`tmoqda. 

25-27 mart kunlari bo`lib o`tishi belgilangan mazkur “millatlar kuboki”da O`zbekiston, Rossiya, Germaniya, Qozog`iston va Qirg`izistondan yosh sportchilar ishtirok etishmoqda. 

Musobaqalarning birinchi kuni ilk bosqichda  21 nafar sportchi ishtirok etdi. Umumiy natijalar bo`yicha yosh hamyurtimiz Abdushukur Sobirjonov “Remteker” laqabli otida 1230 ball to`pladi  va birinchilikni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni olgan  yana bir o`zbekistonlik A`zam Rahmatov “Tayson” laqabli oti bilan 1200 ball to`pladi. Uchinchi o`rin ham hamyurtimiz Nodir Mirsaidovga nasib etdi. U “Navro`z” laqabli otda 1140 ball to`play oldi. 

Ikkinchi bosqichda ham yosh chavandozlarimiz peshqadamlikni qo`ldan berishmadi. Mirrauf Odilov “Rijana” laqabli otda belgilangan masofani 42,56 soniyada bosib o`tli va mutlaq g`olib deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar 45,11 soniyalik natija ko`rsatgan Abdushukur Sobirjonov hamda belgilangan masofani 45,18 soniyada bosib o`tgan A`zam Rahmatovga nasib etdi. 

Bugun ushbu musobaqalar doirasida jamoaviy bellashuvlar bo`lib o`tdi. Har bir mamlakat vakillari o`z tulporlari bilan belgilangan to`siqlarni oshib o`tib, tez va bexato marraga etib kelishga harakat qilishdi. Yakuniy natijalarga ko`ra “O`zbekiston-2” jamoasi birinchi, “O`zbekiston-1” jamoasi ikkinchi o`rinni egalladi. “Rossiya-2” jamoasi vakillari g`oliblik shohsupasining uchinchi pog`onasini zabt etishdi. 

Ertaga musobaqalarning gran-pri bahslari bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Mashhur sport sharhlovchisi Vladimir Safarov vafot etdi

14.07.2021, 17:37

O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...
Nigina O`ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg`a qilindi. U boks bo`yicha jahon chempionligiga erishgan ilk o`zbek qizi

26.04.2021, 17:54

Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...
Germaniyaning nufuzli sport saytida o`zbek tadqiqotchisi haqida maqola chop etildi

27.02.2021, 22:07

Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1