1

Isroildagi o`zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat 29.06.2024, 09:32
Isroildagi o`zbekistonliklar ogohlantirildi

O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo`lib turgan o`zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko`rishni tavsiya qildi.

Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab quyidagi ehtiyot choralarini ko`rishni qat`iy tavsiya qildi:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning;
  • Isroil rasmiylari va O`zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo`mondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro`yxatdan o`ting;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O`zbekiston elchixonasining aloqa ma`lumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
  • Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.

Yordam yoki maslahat kerak bo`lsa, O`zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tafsiya etiladi:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1