Avval xabar qilganimizdek, Qashqadaryoda sodir bo`lgan YTHda 8 nafar odam yonib ketdi. Ayni paytda viloyat IIB hodisa bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 15 avgust kuni soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik A-380 “G`uzor -Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo`lining 105 km.da Muborak tumani Qaraqum qishlog`i hududida “Jentra” rusumli avtomobil haydovchisi “Muborak-Koson” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina old qismiga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan bir nafar fuqaro og`ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bir nafar yo`lovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. “Jentra” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida kelayotgan besh nafar fuqarolar og`ir tan jarohati olib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
12.05.2023, 09:55
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...06.02.2023, 13:36
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...30.01.2023, 12:13
Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...