1

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

Jamiyat 12.05.2023, 09:55
Teglar: Video, YTH, Surxondaryo
Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yil 7 may kuni soat 23:30 larda Uzun tumanidan o`tuvchi 4K-620 avtomobil yo`lining 51-kilometrida sodir bo`lgan.  Denov yo`nalishidan harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi xavfli burilishlarga e`tibor bermasdan, chalg`ishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, mashina jarlikka tushib ketgan. 

Avtohalokatda 1 nafar fuqaro voqea joyida, yana bir fuqaro esa shifoxonada halok bo`lgan. Qayd etilishicha, yo`l tog`li hududda joylashgan bo`lib, hududda yo`l belgilari etarli darajada o`rnatilgan. Yo`l chetiga ham to`siqlar joylashtirilgan, ammo haydovchi ushbu to`siqlar bo`lishiga qaramay, etarli darajada qoidaga amal qilmagani sababli jarlikka qulab ketgan. 

 

Sharhlar

Surxondaryoda Agrobank boshlig`i avtohalokatga uchradi

29.04.2024, 17:16

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Agrobank boshlig`i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, "avariya"ga uchragani to`g`risida xabar tarqaldi. Holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi.Ma`lum bo`lishicha, bankning Oltinsoy filiali...
Surxondaryoda 32 yoshli yigit bedarak yo`qolgan

20.04.2024, 22:05

Surxondaryoda 32 yoshli yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan (ruhiy...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1