1

Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

Jamiyat 13.01.2023, 09:20
Teglar: Video, YTH, Toshkent
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. 

Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, soat 20:40 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko`chasida bir qancha transport vositalari to`qnashuvi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Jami 17 ta avtomashina o`rtasida to`qnashuv sodir bo`lgan. Jumladan:

  • Nexia-3 2 ta;
  • Nexia-1 2 ta;
  • Mercedes-Benz 1 ta;
  • Best tune T 33 1 ta;
  • Damas 1 ta;
  • Matiz 5 ta;
  • Spark 2 ta;
  • Kia K5 1 ta;
  • Volkswagen 1 ta;
  • Isuzu yuk mashinasi 1 ta.

Yo`l-transport hodisasi natijasida 1 nafar haydovchi va yo`lovchi tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazoratida.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1