1

Jizzaxda 22 yoshli yigit xotini va o`g`lini o`ldirib, yoqib yubordi (video)

Jinoyat 12.11.2022, 00:20
Teglar: Video, ​Jizzax
Jizzaxda 22 yoshli yigit xotini va o`g`lini o`ldirib, yoqib yubordi (video)

Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida 22 yoshli yigit ayolini xiyonatda ayblab, uni va 5 yoshli farzandini o`ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2 noyabr kuni G`allaorol tumani IIBga tumanning Zargar qishlog`idan o`tgan Toshkent – Termiz avtomobil yo`lining yoqasidagi qirlikda ayol va bolaning jasadi borligi haqida xabar kelib tushadi. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga yo`l oladi. Tezkor guruh voqea joyida mudhish manzaraga guvoh bo`lishadi. Ayol va 5 yoshli bolaning yuza qismi yoqib yuborilgan edi.
Tez orada kriminalistlar ayolning shaxsini aniqlashadi. Shundan so`ng jinoyatning izi ochiladi va qotillikda gumondor o`z uyida qo`lga olinadi. Yigit qilmishini tan olib, qotillik qanday ro`y berganini so`zlab beradi.

Buxoro viloyatida 2000 yilda tug`ilgan yigit 1993 yilda tug`ilgan ayol bilan bundan 5 yil avval tanishib, uchrashib yuradi. Yigitning ham, ayolning ham yaqinlari bu munosabatga qarshilik qilishgach, ular yashirincha nikoh qurib yashab kelishgan. 2017 yilda farzandi tug`ilgan. Turmush tashvishlari boshiga tushgan yigit afsus cheka boshlaydi va o`zini xato qilgan deb hisoblaydi.

Kuzning boshida ayol yana homilador bo`lib qoladi. Bu vaqtda yigit Toshkentga ishlagani ketgan edi. Ayol yigitning otasiga qo`ng`iroq qilib, o`g`li bilan munosabatlari haqida bor gapni aytadi, SMSlar ham yozib yuboradi. Ayolning maqsadi bu oilada o`z o`rniga ega bo`lish edi.

Shundan so`ng, yigit ayolni Toshkentga chaqiradi. Ular u erda biroz yashagach, Buxoroga qaytayotgan vaqtida Jizzax viloyati G`allaorol tumani Zargar qishlog`idagi qirliklar oldida yo`lovchi tashish mashinasidan tushib qolishadi.

Tepalikka chiqib biroz dam olishadi. Yigit ayolning qo`lida pulni ko`rgach, uni xiyonatda ayblab, tarsaki tushiradi. Ayol esa tosh bilan erining boshiga uradi. G`azabi qo`zg`agan erkak barini shu erda tugatishga qaror qiladi va ayolni bo`g`ib o`ldiradi. Uxlab yotgan farzandi shovqindan turib kelib, voqea guvohi bo`ladi. Uni otasi olib ketmoqchi bo`lganida bola onasi bilan qolishni istab yig`laydi. So`ng yigit bolani ham sumka tasmasi bilan bo`g`ib o`ldiradi.

Erkak marhumlarning jasadlarini ularning kiyim va buyumlariga qo`shib, yoqib o`zi esa hech narsa bo`lmaganidek Buxoroga ketib yuboradi.

Sharhlar

Jizzaxda noqonuniy baliq ovlagan shaxs ushlandi

08.05.2024, 15:46

Jizzaxda 34 bosh baliq ovlagan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi bo`limi davlat inspektorlari hamda...
Jizzaxda 25 yoshli ayolni eri urib, o`ldirib qo`ydi

06.05.2024, 13:20

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ayolning jasadi yashash xonadonidan topildi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.Ma`lum qilinishicha, ayol va turmush o`rtog`i o`rtasida doimiy nizolar bo`lib...
Jizzaxda noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi

29.04.2024, 17:42

Baliqlarni noqonuniy ovlaganlar tabiatga 8 mln. dan ortiq zarar etkazgan. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1