1

41 nafar odamni jarohatlagan Andijondagi avtohalokat qurbonlari soni ortdi

Jamiyat 29.11.2022, 21:08
Teglar: YTH, Andijon
41 nafar odamni jarohatlagan Andijondagi avtohalokat qurbonlari soni ortdi

Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

26 noyabr kuni A-373 Toshkent-O`sh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oralig`ida "Isuzu" avtobusi va  yuk mashinasi to`qnashib, oqibatda 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 38 nafar yo`lovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. 

Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratida bo`lgan ushbu bemorlardan 4 nafariga tibbiy xulosalar ijobiy bo`lgani uchun ambulator sharoitda davolanish uchun uyiga ruxsat berildi.

Qayd etilishicha, o`ta og`ir ahvoldagi yana bir nafar bemor amalga oshirilgan reanimasion choralarga qaramasdan vafot etdi.

Ushbu fuqaro shifoxonaga "Bosh miyaning og`ir darajada lat eyishi. Miya o`zagi shikastlanishi. Qorin bo`shlig`i a`zolari yopiq jarohati. Jigar segmentlarining ezilib yorilishi. Chap bilak suyagining ochiq sinib siljishi. O`ng boldir sohasi old yuzasi va o`ng qo`l tirsak sohalarining 2-darajali kuyishi. 3-darajali travmatik shok" tashxisi bilan olib kelingan edi. Unda belgilangan standartlar bo`yicha barcha zarur amaliyotlar o`tkazilgan.

 Hozirda 33 nafar bemorda shifokorlar zarur muolajalarni davom ettirmoqda.

Nazoratda turgan bemorlarning 11 nafari RShTYoIM Andijon filialida, 16 nafari Asaka tumani, 4 nafari Bo`ston tumani, 2 nafari Shahrixon tumani shoshilinch tibbiy yordam bo`limlarida davolanmoqda.

Ushbu bemorlarning 1 nafari o`ta og`ir, 5 nafari og`ir ahvolda. Sog`liqni saqlash vazirligi ularning holatini to`liq nazoratga olgan bo`lib, bemorlar zarur tibbiy yordam va dori-darmonlar bilan to`liq ta`minlangan.

 

Sharhlar

Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Andijondagi "Muhtasham yuz yil" qasri... (video)

08.05.2024, 17:49

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...
Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1