1

Futzal. O`zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi debyut o`yinida mag`lub bo`ldi

Sport 11.09.2016, 08:58
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston
Futzal. O`zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi debyut o`yinida mag`lub bo`ldi

Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada start olgan Jahon chempionati doirasida o`zining ilk uchrashuvini o`tkazdi. Bu O`zbekiston futzali tarixida Jahon chempionatilaridagi debyut o`yin bo`ldi. “A” guruhi doirasidagi birinchi tur uchrashuvida O`zbekiston Panamaga qarshi maydonga chiqib, 1:3 hisobida mag`lub bo`ldi.

Kastrellon, De Leon hamda Mena kiritgan gollarga O`zbekiston terma jamoasi Javlon Anorovning bir goli bilan javob bera oldi. O`zbekiston terma jamoasining navbatdagi o`yini 14 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan tonggi 06:00da boshlanadi. Unda o`zbekistonliklar musobaqa mezboni – Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

JCh-2016. Futzal

1-tur, 11.09.2016

Kali, "Kolizeo el Pueblo"

O`zbekiston - Panama 1:3

Gollar: J.Anorov (39) - Kastrellon (16), M.De Leon (30), F.Mena (36)

Ogohlantirish: D.Irsaliev 31, J.Anorov 34 - J.Braun 19, E.Rivas 31

O`zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.

Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.Shuhrat Tojiboev, 5.Davron Choriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.

Panama: (birinchi beshlik): 12.Jeymi Londono, 3.Oskar Xinks, 5.Fernando Mena, 6.Edgar Rivas, 8.Karlos Perez.

Zaxira: 1.Daniel Atensio, 13.Joze Viktoria, 2.Joshua Braun, 4.Xorxe Perez, 7.Klaudio Gudrij, 9.Anxel Sanches, 10.Maykl De Leon, 11.Abdiel Kastrellon, 14.Ariel Kastillo.

Bosh hakam: Muhammad Hassan Ahmad Yusuf (Misr). 

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1