1

Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi

Jamiyat 03.05.2024, 17:11
Teglar: Halok bo`ldi, Chilonzor, bir yoshli bola
Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi

Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida bir yoshli bola halok bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani 5-kvartalida aravachali ayolning ustiga daraxt qulab tushgani haqida xabar tarqaldi.  

Voqea joyiga etib kelgan xususiy klinika shifokorlari bolani saqlab qola olmadi. Fuqaro (enaga) boshi va qo`lidan jarohat olgan.  

Guvohlarning xabar berishicha, voqea joyida ta`mirlash ishlari olib borilayotgan bo`lgan. Bu daraxtning qulashiga sabab bo`lganmi yoki yo`qmi hozircha noma`lum.  

Hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Chilonzor ko`chasida sodir bo`lgan ommaviy janjal mahalliy aholining "tungi kapalaklar"ga qarshi isyoni edimi? (video)

18.07.2023, 16:01

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.Toshkent shahar IIBBga ko`ra, videoda aks etgan janjal joriy yilning 18...
Chilonzorda "Neksiya" yonib ketdi (foto va video)

06.01.2021, 17:41

Ijtimoiy tarmoqlarda "Beshyog`ochda "Neksiya" yonib ketdi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Hodisa yuzasidan IIV YHXBB ma`lumot berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 6 yanvar kuni soat 14:10larda Toshkent shahar,...
Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumani faollari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi

20.11.2020, 22:06

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkentning Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalari muhokamasi yuzasidan mahalla raislari, yoshlar, mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.– Bugun tumanda «o`sish nuqtalari»ni aniqlab, iqtisodiyotni...
Chilonzorda “LACETTI” haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi YTHga olib keldi

11.11.2020, 20:29

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasidagi avtomobil ko`prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan L.A....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1