1

“Kokos yurti”da yosh jahon chempionlari aniqlanadi

Sport 09.11.2016, 10:48
Teglar: Sport, O`zbekiston
“Kokos yurti”da yosh jahon chempionlari aniqlanadi

Joriy yilning 10-14 noyabr kunlari Hindistonning Kerala shtati Kochchi shahrida Kurash bo`yicha yoshlar o`rtasida VIII -Jahon chempionati va Kurash Xalqaro Assosiasiyasining XVI Kongresi bo`lib o`tadi.

Qirq millionga yaqin aholi yashaydigan Kerala shtatining Kochchi shahri dunyoning eng go`zal sayohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Hindistonning janubiy-g`arbida Arab dengiziga sohillari joylashgan bu shtat nomining mahalliy Malalyalam tilidan tarjimasi “Kakos yurti” degan ma`noni bildirar ekan.

Yoshlar o`rtasida dunyo birinchiligiga ikkinchi bora Hindiston davlati mezbonlik qilmoqda. 2010- yilda VI- Jahon chempionati ham Hindistonning Dehli shahrida yuqori darajada tashkil etilgan edi. Shuningdek, Rossiya, O`zbekiston, Dominikan, Buyuk Britaniya kabi davlatlarida ham yoshlar o`rtasida jahon chempionatlari bo`lib o`tgan.

Hindiston Respublikasi hukumati, sport va turizm vazirligi, Milliy Olimpiya qumitasi, Osiyo Kurash Konfederasiyasi va Hindiston Kurash federasiyalari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda dunyoning 45 ta  mamlakatlaridan 300 dan oshiq yosh polvonlar gilamga tushadi.

Musobaqalar va tantanali ochilish marosimi 13-14 noyabr kunlari Rajiv Gandi nomidagi Markaziy o`yingohda 14 vazn toyifasida o`g`il bolalar: 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg qizlar: 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 i + 87 kglarda bo`lib o`tadi.

11-12 noyabr kunlari esa Dunyo Kurash oilasining muhim tadbirlaridan biri  IKA ijroqum yig`ilishi va Kurash Xalqaro AssosiasiyasiningXVI Kongresi VVIP mehmonxonasi konferensiyalar zalida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Kongresda Kurash Xalqaro Assosiasiyasining Qit`aviy Konfederasiyalar Prezidentlari hisobotlari, 2017-2018 yilgi musobaqalar taqvim rejasi, Turkmaniston va Indoneziyada bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlaridagi ishtirok, Xalqaro Kurash Institutini rivojlantirish va yangi federasiyalarni a`zolikka qabul qilish masalalari muhokama etiladi.

Turnir tashkiliy qumitasi ma`lumot berishicha mazkur nufuzli tadbirlarni eng yuqori darajada o`tkazish uchun barcha ishlar tegishli dastur asosida amalga oshirilmoqda. Sportchilarni Dehli Aeroportidan Keralaga uchishlari, shaharda xafvsizlik, mehmonxona va transport xizmatlari barchasi shay holatga keltirilgan.

Musobaqalarni keng yoritish uchun 250 ga yaqin qit`amizning etakchi OAVlari va Hindistonning va kerala shtatining markaziy Teleradiokanallari, matbuot va internet nashrlari akkriditasiyadan o`tkazilgan.

IKA Kongresi va Musobaqalarni to`liq holatda «Asianet», «Kairali TV», «Manorama News», «Kiran», «Kairali People», «Amrita TV» teleradiokanalari sun`iy yo`ldosh va Youtube sayti orqali to`g`ridan to`g`ri efirga uzatilishi sevimli sportimizning dunyoda nufuzi kundan kunga ortib borayotganini ko`rsatadi.

Kurash bo`yicha yoshlar o`rtasida VIII-Jahon chempionatida Elmurod Soatov va Olim Ravshanov murabbiyligi ostida 14 nafar O`zbekiston terma jamoasi kurashchilari Vatanimiz sharafini himoya qilishadi.

Delegasiya rahbari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo`yicha birinchi o`rinbosari Murod Aliev.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1