Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18 800 qalbaki AQSh dollarini fuqaro A.Q.ga 141 mln so`mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.