1

UFC Fight Night 241 turnirida kim qanchadan bonus oldi?

Sport 31.03.2024, 18:08
UFC Fight Night 241 turnirida kim qanchadan bonus oldi?

Avval xabar berganimizdek, bugun AQShning Nyu-Jersi shtati Atlantik-Siti shahri navbatdagi UFC turniri o`tkazildi. Unda o`zbekistonlik UFC jangchisi nursulton Ro`ziboev ham oktagonga ko`tarilib, navbatdagi g`alabasini hisobiga yozdirib qo`ydi.

Musobaqa tashkilotchilari bugungi oqshomda "bonuslar" kimlarga nasib qilganini ochiqladi. Turkiyalik Ibo Aslan hamda shvesiyalik Anton Turkal to`qnashuvi bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Aslan jangning uchinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratdi. Har ikkala jangchi ham kafolatlangan gonorarga qo`shimcha 50 000 dollarlik bonus chekini ham qo`lga kiritishdi. 

Shuningdek, bugungi turnirda ko`rsatgan yorqin janglari uchun amerikaliklar Net Landver va Dennis Buzukya ham 50 ming dollarlik mukofot puliga loyiq ko`rilgan. Net jangning birinchi raundida hamyurti Jamall Emmersni, Buzukya esa uchinchi raundda Konnor Mettyusni nokautga uchratdi. 

Biroq, bu safar birinchi raundda raqibidan ustun kelgan Nursulton Ro`ziboevga bonus berilmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1