1

“Yuksalish” harakati raisi energetika sohasida moliyaviy ochiqlikni ta`minlashga chaqirdi

Jamiyat 18.04.2024, 15:56
“Yuksalish” harakati raisi  energetika sohasida moliyaviy ochiqlikni ta`minlashga chaqirdi

Avvalroq Hukumat qarori bilan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz ta`minoti iste`molining bazaviy me`yorlari tasdiqlangani xabar qilingandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov “tabaqalashtirilgan tariflar” sabab boylar o`z xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotasiya olmasligi kerakligi haqida  yozdi.

Uning yozishicha, O`zbekistonda elektr energiyasi iste`moliga to`lovlar uning tannarxiga mos kelmaydi, oradagi tafovut davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. Bunday yondashuv fuqarolarning moddiy imkoniyatidan qat`i nazar, butun aholi uchun qo`llaniladi.

“Energiya resurslarining jiddiy tanqisligi sharoitida moddiy ta`minlangan fuqarolar xarajatlari uchun davlat byudjetidan dotasiya olmasligi kerak, deb hisoblaymiz”, — deydi u.

Energetika vazirligi hisob-kitoblariga ko`ra, hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini iste`mol qiladi. 75 foiz aholining iste`moli esa 200 kVt/soatdan oshmaydi. O`zbekistonning energetika tarmog`i tub islohotlarga muhtoj, shu munosabat bilan tariflarni o`zgartirish va bozor mexanizmlarini joriy etish zarurligini ta`kidladi Bobur Bekmurodov.

Bobur Bekmurodov mas`ul vazirlik va idoralarni quyidagilarni inobatga olishga chaqiradi:

Qaror ijrosi doirasida markaziy isitish tizimi va tabiiy gazdan foydalanish imkoni yo`q hududlardagi sharoitlarni hamda asosiy issiqlik manbalari pechka va kondisionerlar ekanligini hisobga olish zarur;

Energetika vazirligi yuqori kuchlanish bo`lganda maishiy texnikalariga zarar etgan iste`molchilarga kompensasiya to`lash mexanizmlarini ishlab chiqishi zarur;

Hukumat davlat byudjetidan energiya tarmog`ini modernizasiya qilishga ajratilgan mablag`larning ochiqligi va shaffofligini ta`minlashi kerak;

Xorijiy tajribani o`rganish ham muhim. Masalan, differensiyalangan tariflar qo`llaniladigan mamlakatlarda elektr energiyasiga talab yuqori bo`lgan paytlarda (anomal havo sharoitlarida) tarif normalari sezilarli darajada oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1