1

Jizzaxda ota 8 yoshli o`g`lining bo`g`ziga pichoq tirab, o`ldirish bilan qo`rqitdi

Jamiyat 24.04.2024, 12:31
Jizzaxda ota 8 yoshli o`g`lining bo`g`ziga pichoq tirab, o`ldirish bilan qo`rqitdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Ombudsmanga Jizzax viloyatidan B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zo`ravonlik qilinayotgani bo`yicha murojaat qilgan.

Murojaatchining yozishicha, qizi K.S. 2022 yildan buyon Koreyada ishlayotgani, uning 8 yoshli o`g`li esa erining qaramog`ida qolgan. Murojaatga ilova qilingan videoyozuvda er-xotin video qo`ng`iroq orqali janjallashganda, ota o`g`lining bo`g`ziga pichoq tiragani aks etgan. Shuningdek, ayol eri tomonidan ko`p marotaba kaltaklangani va sog`lig`iga zarar etgani haqida gapirgan.

Murojaat Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`rganilgan. 

Aniqlanishicha, hozirda fuqaro K.S.ning voyaga etmagan o`g`li buvisi bilan yashamoqda. Bola bilan suhbat o`tkazilganda, ota-onasi o`rtasidagi salbiy munosabatdan norozi ekanligini, otasi bilan yashashni xohlamasligi hamda buvisi bilan qolishni istashini bildirgan. Shundan so`ng, fuqaro K.S.ning voyaga etmagan o`g`liga buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlangan.

Ota esa voyaga etmagan farzandiga nisbatan o`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitishda ifodalangan g`ayriqonuniy harakatlari bilan O`zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1