1

O`zbekiston–Afg`oniston–Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirish rejalashtirildi

Jamiyat 24.04.2024, 23:13
Teglar: multimodal transport koridori, “Belarus – Rossiya – Qozog`iston – O`zbekiston – Afg`oniston – Pokiston”
O`zbekiston–Afg`oniston–Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirish rejalashtirildi

23 aprel kuni Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog`iston – O`zbekiston – Afg`oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo`yicha ishchi guruhning birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo`li bilan Markaziy Osiyo va MDHga a`zo davlatlarni O`zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog`lash va O`zbekistonning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakuni bo`yicha tomonlar o`rtasida yo`l xaritasi imzolandi. Mazkur yo`l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo`yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, yuk tahlillarini olib borish, tashuv jarayonida elektron raqamli hujjatlardan foydalanish, tashuv jarayonlarini soddalashtirish bilan O`zbekiston–Afg`oniston–Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini oshirish ko`zda tutilgan.

So`nggi yillarda Afg`oniston orqali tranzit yuk tashish hajmi 30 foizdan ortiq oshib, qariyb 1 million tonnani tashkil etdi. 2021 yilda O`zbekiston hamda Pokiston o`rtasida tranzit savdo to`g`risida bitim imzolangandan so`ng ikki davlat o`rtasida yuk tashuvlari hajmi ortib bormoqda. 2022 yilda ikki mamlakat o`rtasida Afg`oniston orqali yuk tashuvlari 2021 yilga nisbatan ikki yarim barobarga oshib, 675 ming tonnani tashkil etdi. 2024 yilda mazkur koridor orqali O`zbekiston 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1