1

Atlas kiygan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi

Jamiyat 24.04.2024, 23:32
Teglar: Atlas Party, ayollarni obro`sizlantirish, haqoratlagan erkak, qamaldi
Atlas kiygan ayollarni haqoratlagan erkak qamaldi

Joriy yilning aprel oyida "Zamonaviy ayollar" klubi tomonidan Atlas Party nomli milliy liboslar targ`ibot tadbiri o`tkazilgan va tadbirdan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Ushbu lavhalarga nisbatan noma`lum erkakning mazkur targ`ibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obro`sizlantiruvchi haqoratli so`zlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo`lib, keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

"Yaqinda bizga bir video tashlashibdi. Milliy libos deb taqdim qilyapti. Milliy libos unday bo`lmaydi. Engi yo`q, yarim-yalang`och bo`lib yotibsan-ku. O`sha milliy libos bo`lsa ham model bo`lish "lesbiyanka"ga qolibdimi?", - deya videomurojaat qilgan mazkur erkak.

Oila va xotin-qizlar qo`mitasi mazkur erkakning bu chiqishini keskin qoralab, unga qonuniy chora ko`rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

IIVning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Atlas Party tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun ariza bilan murojaat qilishdi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs 1988 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan fuqaro M.D. ekanligi aniqlandi.

2024 yilning 23 aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etildi hamda u o`zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ`ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so`zlar ishlatganligi ta`kidlab o`tdi.

Ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan ko`rib chiqilib, fuqaro MJtKdagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida M.D.ga nisbatan 15 sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

"Ziki eski shahar" laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi

03.05.2024, 13:33

O`zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash uchun 2023 yilning noyabr oyida o`tkazilgan "dolzarb 40 kunlik" reyd tadbirida qo`lga olingan jinoyat olami vakillaridan biri "Ziki eski shahar" laqabli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1